Oleg Kamishev
Oleg Robertovich Kamishev (Kamishyov) (1967-yil 7-yanvar, Frunze, Qirgʻiziston) — sovet, qirgʻiz va rus futbolchisi, maydondagi vazifasi —hujumchi va yarim himoyachi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 1967-yil 7-yanvar | ||
Tavallud joyi | Frunze (hozirgi Bishkek, Qirgʻiziston | ||
Ampluasi | hujumchi va yarim himoyachi | ||
Mukofotlari |
Qirgʻiziston chempionati bronza medali (1999) Qirgʻiziston chempionati bronza medali (2000) | ||
Xalqaro medallar |
Biografiyasi
tahrirOleg Kamishev 1967-yilning 7-yanvarida Qirgʻizistonning Frunze (hozirgi Bishkek) shahrida tavallud topgan[1].
Sport faoliyati
tahrirOleg Kamishev futboldagi faoliyati davomida Qirgʻizistonning yetakchi klublari safida toʻp surgan. 1983-yildan boshlab futbochi SSSR ikkinchi futbol ligasida Frunzening „Semetey“ kattalar futbol klubi tarkibida maydonga tusha boshlaydi. Biroq oradan koʻp vaqt oʻtmay, futbolchining oʻyindagi yuqori mahorati unga boʻlgan talabning ortishiga sabab boʻladi va aynan shu mavsumning oʻzida Kamishev respublikaning yetakchi klublaridan biri — „Alga“ jamoasiga oʻtadi.
1985—1986-yillarda Kamishev oliy liga tarbiyalanuvchilari chempionatida „Qayrat“ jamoasida oʻyin olib boradi.
1980-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, futbolchi Oʻzbekiston SSR ikkinchi liga bahslarida Andijonning „Spartak“ jamoasi tarkibida oʻyinlarini davom ettirgan boʻlsa, SSSR chempionatining soʻnggi mavsumini Orenburgning „Gazovik“ jamoasi tarkibida oʻtkazadi.
SSSR parchalanganidan soʻng, Kamishev bir necha yil davomida Rossiyaning ikkinchi va uchinchi liga jamoalari va havaskor jamoalarida toʻp suradi. 1994-yilda Qozogʻiston oliy ligasida „Aktobe“ tarkibida faqat bitta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, 1994-yil 6-may kuni „Botir“ jamoasi nomidan oʻyinga tushadi[2].
Oleg Kamishev Rossiya klublari safida oʻyinlarini yakunlagach, Qirg‘izistonga qaytib, mamlakat chempionati oliy ligasida Bishkekning „SK Sverdlovsk tuman IIB“ (klub nomi keyinchalik „Parvoz“ga oʻzgartiriladi) klubi safida to‘p sura boshlaydi.
Yutuqlari
tahrir1998-yilda Kamishev 10 ta gol bilan „SK Sverdlovsk tuman IIB“ klubining eng yaxshi toʻpurari deb topiladi. 1999 va 2000-yillarda esa Qirgʻiziston chempionatining bronza medali sohibiga aylanadi.