Oleg Svyatoslavich
(Oleg svyatoslavichdan yoʻnaltirildi)
Oleg Svyatoslavich (?-1115) -Qadimgi Rus knyazi. Rostov-Suzdal yeri, Volinda knyazlik qilgan. Mulklaridan ajralib (1076) Tmutarakanga qochgan. Qipchoklar (polovetslar) yordamida 2-marta Chernigovni olgan. Xazarlar qoʻlida tutqunlikda, Vizantiyaga tegishli Rodos orolida surgunda boʻlgan. Oleg Svyatoslavichni qipchoklar bilan aloqasi rus yilnomachilari tomonidan qoralangan. „Igor polki jangnomasi“da Gorislavich deb atalgan[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |