Oleksandr Pishchur — Futbolchi. 1981-yil 29-yanvarda Ukrainaning Chernigov viloyatida tugʻilgan. Ilk murabbiyi Oleg Ivashenko (Chernigov shahri). Ukraina fuqarosi. Hujumchi ampluasida oʻynaydi. Boʻyi 196 santimetr. Ogʻirligi 88 kilogramm.[1][2]

Oleksandr Pishchur
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Олександр Віталійович Пищур
Tavallud sanasi 29-yanvar 1981-yil (1981-01-29) (43 yosh)
Tavallud joyi Chernigov Sovet Ittifoqi SSSR, Ukraina. SSR
Boʻyi 196sm/88kg
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bunyodkor
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2000 Yunist Chernihiv
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001-2003 FC Dnepr Mogilev (19)
2004 Metalist Kharkiv (1)
2004 Vorskla Poltava (0)
2005 Zakarpattia Uzhhorod (0)
2005-2006 Volyn Lutsk (1)
2006-2007 Zorya Luhansk (4)
2007-2009 Volyn Lutsk (43)
2009-2010 Ruzomberok (11)
2010-2011 Volyn Lutsk (8)
2011 Tavriya Simferopol (0)
2012 Volyn Lutsk (0)
2012Obolon Kyiv (ijarada) (4)
2013-2014 Bunyodkor PFK (25)
2015 Taraz (9)
2016 Navbahor (futbol klubi) (5)
2016 Taraz (0)
2017 Shoʻrtan (futbol klubi) (0)
2017 Volyn Lutsk (0)
2018 FC Avangard Koryukivka (havaskorlar) (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Toʻp surgan klublari

tahrir
  • 2001-2003 „Dnepr-Transmash“ (Belarus)
  • 2004 „Metalist-2“ (Ukraina)
  • 2004 „Metalist“ (Ukraina)
  • 2005 „Zakarpattia“ (Ukraina)
  • 2005-2006 „Volyn“ (Ukraina)
  • 2006-2007 „Zoria“ (Ukraina)
  • 2007-2009 „Volyn“ (Ukraina)
  • 2009-2010 „Rujomberok“ (Slovakiya)
  • 2010-2011 „Volyn“ (Ukraina)
  • 2011 „Tavriya“ (Ukraina)
  • 2012 „Volyn“ (Ukraina)
  • 2012 „Obolon“ (Ukraina)
  • 2013-yildan boshlab „Bunyodkor“ (Toshkent)

Faoliyati

tahrir
 
Pischur 2008/09-yilgi Birinchi liganing eng yaxshi oʻyinchisi va toʻpurari sovrinlari bilan

Oleksandr Belarusning „Dnepr-Transmash“, keyinchalik Xarkovning „Metallist“ jamoasida oʻynagan. 2004-yilning yozida u Poltavaning „Vorskla-Neftegaz“ klubiga oʻtdi. Premer-ligadagi debyutini 2004-yilning 15-iyulida Kiyevning „Arsenal“ klubiga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazgan. Oleksandr 2008/2009-yilgi mavsumda Lutskning „Volin“ klubi tarkibida 22ta toʻp kiritib, birinchi ligada „mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi“ va „mavsumning eng yaxshi toʻpurari“ sovrinlari egasi boʻlgan. 2005-yil qish mavsumida u „Transcarpathia“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 2006-yil sentyabr oyida Volin Lutsk jamoasiga qoʻshildi. 2006-yil iyul oyida Zorya Luganskga koʻchib oʻtdi va 2007-yil yozida FC Volin Lutskka qaytib keldi. Oleksandr Mavsum boshida jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi va 2008/09-yilgi mavsumda u Birinchi liganing eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Mavsum davomida 22 ta gol urdi. Shuningdek, mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi boʻldi. FC Volin Lutsk uchun 98 ta oʻyin oʻtkazib, 44 ta gol urgan.

2009-yil sentyabrida Slovakiyaning „Ruzomberok“ jamoasiga koʻchib oʻtdi[3]. U jamoadagi debyutini 2009-yil 26-sentyabrda Tatran klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Pishchur 2009-yil 3-oktyabrda „Dubnitsa“ga qarshi oʻyinda (1:2) ikkita gol urdi[4]. 2010-yilgi mavsum oxirida u Slovakiyadan Volinga qaytdi va 6 uchrashuvda 5 ta gol urdi.

2011-yilning 18-yanvarida Aleksandr jamoadoshi Vyacheslav Sharpar bilan birga BAAga yigʻin oʻtkazish uchun Xarkovning Metalist jamoasiga yoʻl oldi. 2011-yilning avgustida u „Tavriya“ jamoasi bilan yil oxirigacha shartnoma imzoladi. Shartnoma muddatidan oldin, noyabr oyida „tomonlarning oʻzaro kelishuvi bilan“ bekor qilingan. 2012-yilda u „Obolon Kiyev“ jamosi bilan Ukraina Birinchi ligasida oʻynagan.

2013-yildan boshlab „Bunyodkor“ (Toshkent) jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. 2013-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida Bunyodkorning guruhda 1-oʻrinni olib keyinggi bosqichga chiqishida katta hissa qoʻshdi.

Pischur 2015-yilgi mavsumni Qozogʻistonning „Taraz“ klubida oʻtkazgan[5]. 2016-yilning yanvar oyida u Oʻzbekistonning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi. 2016-yil iyul oyida Tarazga qaytdi[6].

2017-yilning yanvar oyida u Desna Chernihiv jamoasining mashgʻulot yigʻinida ishtirok etdi[7]. Ammo 2017-yilning fevral oyida Oʻzbekistonning „Shoʻrtan“ klubiga oʻtdi[8].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

2019-yilda Pischur Chernigovning „Desna-2“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan[9][10].

Oilasi

tahrir

Ayolining ismi Viktoriya. 17 yoshli Alina, bir yoshli Sasha va 5 yoshli Anastasiya ismli farzandlari bor[11].

Statistikasi

tahrir
Mavsum Klub Ligalar Kubok bahslari Kontinental Super kubok Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
2010–11 Volin Lutsk 17 8 1 0 - - 18 8
2011–12 13 0 0 0 - - 13 0
Tavriya Simferopol 4 0 0 0 - - 4 0
2012–2013 Obolon Kiyev (ijara) 16 4 2 1 - - 18 5
2013 Bunyodkor 25 19 5 5 8 3 - 38 27
2014 19 6 3 0 8 1 1 1 31 8
2015 Taraz 32 9 2 0 - - 34 9
2016 Navbahor 14 5 2 1 - - 16 6
2016 Taraz 11 0 0 0 - - 11 0
2017 Shoʻrtan 3 0 0 0 - - 11 0
Jami 154 51 15 7 16 4 1 1 185 63

Manbalar

tahrir
  1. Ikkinchi qavat egasi — Oleksandr Pishchur[sayt ishlamaydi]
  2. „2013-yilgi Oliy liga to'purari Oleksandr Pishur haqida“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  3. „Пищур покидает «Волынь»“. 2009-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 6-oktyabr.
  4. „Статистика матча «Дубница» — «Ружомберок», 3 октября 2009 года, soccerway.com“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  5. „Пищур возвращается в Узбекистан“. 2016-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-yanvar.
  6. „Александр ПИЩУР: Сотый гол забью в Казахстане“ (deadlink). 2016-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  7. „Александр Пищур едет в Турцию, укреплять «Десну»“ (deadlink). 2017-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-fevral.
  8. „Пищур перешёл в «Шуртан»“. 2017-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-may.
  9. „Олександр Пищур: "Працюємо над тактикою"“. www.desna.football. Qaraldi: 2022-yil 27-aprel.
  10. „Головний тренер Десни U-21 Олександр Пищур“. www.goldtalant.com.ua. Qaraldi: 2022-yil 27-aprel.
  11. „Александр ПИЩУР: «При нынешнем тренере я не останусь в „Бунёдкоре“»“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-dekabr.

Havolalar

tahrir