Olgʻa (tuman)
Olgʻa tumani — Oqtoʻba viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 7,1 ming km2. Aholisi 38 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 5,6 kishidan toʻgʻri keladi (2010)[4][5]. Tuman markazi — Olgʻa shahri.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Oqtoʻba viloyati |
Maʼmuriy markazi | Olgʻa |
Asos solingan sanasi | 1933-yil |
Akim | Tagimov Marat Mirzagʻaliyevich |
Rasmiy tillar | rus, qozoq |
Aholi (2012) | 38,869[1] (4-oʻrin) |
Zichligi | 5,4 kishi./km² |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar |
Maydoni | 7 100 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 71337[2] |
Pochta indeksi | 030200-030214[3] |
Avtomobil raqami kodi | D, 04 |
Rasmiy sayti | http://algaonline.net/ |
Xaritada | |
49°54′31.68″N 57°19′40.08″E / 49.9088000°N 57.3278000°E |
Tarix
tahrir1933-yil Klyuchevoy tumani tumani boʻlib tashkil topdi. 1963-yili tuman nomi Olgʻa tumani deb oʻzgartirildi.
Geografiyasi
tahrirOlgʻa tumanining shimoli-gʻarbida Tasqoʻrali togʻi (balandligi 386,7 m), janubiy-gʻarbida Besoʻba togʻi joylashgan (balandligi 324 m). Ulardan boʻlak Oqquduq, Qoramen, Keruentau, Aqshoʻqi, Qayqi, Yeset, Besoʻba, Qoratepa, Nartau, Tasshoʻqi togʻlari bor. Foydali qazilmalaridan toshkoʻmir, neft, fosforit, qurulish materiallari va boshqalari uchraydi. Tuman hududi orqali Orenburg — Toshkent temir yoʻli, respublika ahamiyatiga ega Oqtoʻba — Atirau avtomabil yoʻli oʻtadi.
Iqlimi
tahrirIqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –15 – 16 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 23°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 200 – 250 mm.
Sanoati
tahrirMineral oʻgʻitlarini ishlab chiqaruvchi Oqtoʻba «Nitroxim», «Neoxim» kimyo korxonalari, non, yogʻ zavodlari faoliyat yuritmoqda[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам, 2013-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-10-13
- ↑ Телефонные коды[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2014-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-dekabr.
- ↑ Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-27
- ↑ Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Премьер-Министр ознакомился с программой социально-экономического развития Алгинского района Актюбинской области. 20.09.2008, 2013-10-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-27