Olga Sergeyevna Akopyan (qizlik familyasi – Levina; ruscha: Ольга Сергеевна Акопян) – rossiyalik gandbolchi, darvozabon; murabbiy. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2007). 2016-yilgi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlari chempioni.

Biografiyasi

tahrir

Volgograd gandbol maktabi oʻquvchisi, birinchi murabbiyi Lyubov Petrovna Sidoricheva. 2002-yildan „Dinamo“ jamoasida oʻynay boshlagan (2004 yilgacha – Akva, Dinamo-Aqua). Rossiya chempioni (2009, 2010, 2011, 2012, 2014), kumush (2003-2006) va bronza (2007, 2008) Rossiya chempionatlari sovrindori , EHF kubogi gʻolibi (2008).

Qizlar oʻrtasida Yevropa chempioni (2003). 2005-yilda Rossiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Chexiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati gʻolibi boʻlgan. 2006-yildan beri Rossiya terma jamoasida oʻynamoqda. Ikki karra jahon chempioni (2007, 2009), Jahon kubogining ikki karra gʻolibi (2006, 2007), Yevropa chempionatining kumush va bronza medali sovrindori.

Londondagi Olimpiadadan soʻng Olga Levina Volgogradning „Dinamo“ jamoasi rahbari Eduard Akopyanga turmushga chiqqan va 2013-yil may oyida Arina ismli qiz farzandni dunyoga keltirgan[1]. 2014-yil boshida gandbolga qaytagan, 2015-yilda „Lada“ klubiga oʻtdi.

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida gʻalaba qozonganidan soʻng, Olga Akopyan gandboldan ketishini eʼlon qiladi.

2019-yilning yozidan buyon „SSKA“ ayollar klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlab kelmoqda. 2021-yil mart oyida Ian Lesli isteʼfoga chiqarilganidan keyin jamoa bosh murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2020/2021-yilgi Rossiya chempionatida klubi gʻolib chiqqan va eng yaxshi murabbiy deb topilgan, ammo „SSKA“ bosh murabbiyi lavozimini Florentin Peraga boy bergan.

2021-yilning fevral oyida Rossiya ayollar terma jamoasi murabbiylar shtabiga qoʻshilgan. 2022-yilning yozida SSKA bosh murabbiyiga aylangan.

Mukofotlari

tahrir
  • Doʻstlik ordeni (2016 -yil 25-avgust) – 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) boʻlib oʻtgan XXXI Olimpiada oʻyinlarida gʻalaba qozonish irodasini va qatʼiyatini koʻrsatgan yuksak sport yutuqlari uchun[2].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir