Oligofrenopedagogikaagogika (Oligofreniya va pedagogikaagogika) — aqli zaif bolalarni oʻqitish, tarbiyalash, korreksiyalash (tuzatish), ijtimoiy xayotga jalb etish masalalarini oʻrganuvchi defektologiya tarmogʻi. O.ning asosiy vazifasi akli zaif bolalarning rivojlanishida korreksion tarbiyaning mohiyatini ochib berish, ulardagi nuqsonning rivojlanishini va nuqsonning oʻzini bartaraf etish yoʻllarini, maxsus maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida akli zaif bolalar uchun maxsus taʼlimtarbiya va korreksion rivojlantiruvchi ish va metodlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat. O. umumiy va maxsus pedagogika., psixologiya, anatomiya, fiziologiya, genetika, nevropatologiya, pedagogikaiatriya, oligofreniya klinikasi yutuklariga asoslanadi. 19-asr boshlarida tibbiyot va pedagogika.ning rivojlanishi tufayli muayyan yoʻnalish si-fatida vujudga keldi. Oʻsha asrning oʻrtalarida fransuz vrachi va pedagogikaagogi E.Segen (1812—80) aqli zaif bolalarni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasini ishlab chikdi. Ayniqsa, uning "Akliy normal boʻlmagan bolalar tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi" asari (1846) O.da katta yutuq boʻldi. Chet ellarda O.ning shakllanishi J.Demor va O. Dekroli (Belgiya), B.Mennel va A.Fuks (Germaniya), A.Bine, J. Filipi va I.Bonkur (Fransiya), V.M.Bexterev, P.F.Lesgaft, L.S. Vigotskiy (Rossiya) va boshqa nomi bilan bogʻliq. Oʻzbekistonda S.T.Aytmetova, K. K.Mamedov, P. M.Poʻlatova, M.I.Soa-tovalar tomonidan O. boʻyicha oʻquv qoʻllanmasi tayyorlanib nashr etilgan. Oʻzbekistonda akli zaif bolalarni tarbiyalash va oʻqitish maxsus yordamchi maktablaraa amalga oshiriladi. O.da bola his-tuygʻusini boyitishga, nutq-ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilib, taʼlimtarbiyaviy jarayonda koʻrgazmali qurollar va boshqa metodlardan keng foydalaniladi. Akli zaif bolalarni psixologik-pedagogikaagogik oʻrganish asosida har bir bolaga individual yondashiladi. Oʻzbekistonda oligofreno-pedagogikaagoglarni Toshkent pedagogika. universiteti va pedagogika. institutlarining defektologiya fakultetlari tayyorlaydi. O.ga oid ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston pedagogika. fanlari ilmiy tadqiqot institutida, Toshkent pedagogika. universiteti va ayrim pedagogika. intlarining defektologiya kafedralarida olib boriladi.

Lola Moʻminova.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil