Oligomenorreya hayz koʻrish oraliqlarining uzoq boʻlishi bilan ifodalanadi[1]. Aniqroq aytganda, bu menstrual siklning 35 kundan ortiq vaqt oraligʻida, yiliga atigi toʻrtdan toʻqqiztagacha sodir boʻlishi[1]. Oligomenorreyada menstrual sikllar oraligʻidagi muddat turlicha boʻlishi mumkin[2].

Sabablari

tahrir

Oligomenorreya prolaktinomalar (gipofiz oldingi boʻlak adenomalari) natijasi boʻlishi mumkin. Bunga tirotoksikoz, menopauza davridagi gormonal oʻzgarishlar, Prader-Villi sindromi va Graves kasalligi sabab boʻlishi mumkin.

Yugurish yoki suzish kabi chidamlilik mashqlari ayol sportchilarning reproduktiv fiziologiyasiga taʼsir qilishi mumkin. Ayol yuguruvchilar[3][4], suzuvchilar [5] va balet raqqosalari[6] ham oʻz yoshdagi sportchi boʻlmagan ayollarga nisbatan kam hayz koʻradilar yoki amenoreyani boshdan kechiradilar. Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, ozgʻinlik yoki maʼlum bir vaznga eʼtibor qaratadigan sport turlari bilan shugʻullanadigan sportchilarda, bularga kamroq eʼtibor qaratadigan sport bilan shugʻullanadigan sportchilarga qaraganda, hayz koʻrish disfunksiyasining koʻproq uchrashi kuzatiladi[7].

Koʻkrak suti bilan boqishda hayz davrining tartibsizligi ovulyatsiyani kechiktiradigan gormonlar taʼsiri bilan bogʻliq.

Tuxumdon polikistozi sindromi boʻlgan ayollarda ham oligomenorreya boʻlishi mumkin.Tuxumdon polikistozi sindromi – bu tuxumdonlar tomonidan ortiqcha androgenlar (erkak jinsiy gormonlar) ajralib chiqadigan holat. Bu sindrom bilan ogʻrigan odamlarda oligomenorreya va amenoreyadan tortib, juda ogʻir, tartibsiz boʻlgan hayz davrining buzilishigacha kuzatiladi. Bu holat premenopauzal ayollarning taxminan 6%ida kuzatiladi.

Ovqatlanish buzilishlari ham oligomenorreyaga olib kelishi mumkin. Hayz koʻrishning buzilishi nervoz anoreksiya bilan bogʻliq boʻlsa-da, nevroz bulimiya ham oligomenorreya yoki amenoreyaga olib kelishi mumkin.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 thefreedictionary.com > oligomenorrhea This dictionary is citing Gale Encyclopedia of Medicine. 2008
  2. Novak's Gynecology, 12th, Baltimore: Williams & Wilkins, 1996. ISBN 0-683-00593-6. 
  3. "Menstrual dysfunction in distance runners". Obstet Gynecol 54 (1): 47–53. 1979. doi:10.1097/00006250-197907000-00013. PMID 313033. 
  4. "Reproductive system function in women cross-country runners". Med Sci Sports Exerc 14 (4): 263–9. 1982. doi:10.1249/00005768-198204000-00002. PMID 7132642. https://archive.org/details/sim_medicine-and-science-in-sports-and-exercise_1982_14_4/page/263. 
  5. Frisch RE; Gotz-Welbergen AV; McArthur JW et al. (1981). "Delayed menarche and amenorrhea of college athletes in relation to age of onset of training". JAMA 246 (14): 1559–1563. doi:10.1001/jama.246.14.1559. PMID 7277629. 
  6. Warren MP (1980). "The effects of exercise on pubertal progression and reproductive function in girls". J. Clin. Endocrinol. Metab. 51 (5): 1150–1157. doi:10.1210/jcem-51-5-1150. PMID 6775000. 
  7. Torsiveit, MK (2005). "Participation in leanness sports but not training volume is associated with menstrual dysfunction: a national survey of 1276 elite athletes and controls". British Journal of Sports Medicine 39 (3): 141–147. doi:10.1136/bjsm.2003.011338. PMID 15728691. PMC 1725151. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1725151.