Olimpiya shaharchasi
Olimpiya shaharchasi — Toshkent shahrining sharqiy qismida, Yangi Oʻzbekiston koʻchasi boʻyida joylashadagan Olimpiya shaharchasidir. Uning qurilishiga 2022-yil 9-noyabr kuni tamal toshi qoʻyildi va bu marosimda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi[1][2][3].
Tarixi
tahrirOlimpiya shaharchasi Toshkentning sharqiy qismidagi Yashnobod tumanida, Toshkent Sharqiy Aeroportiga tutash hududda joylashgan.
Shaharchani qurish ishlari Xitoyning „CAMC Engineering“ kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan[4][5].
Shaharcha
tahrirOlimpiya shaharchasining hududi 100 gektarga teng. Shaharchada 12 ming oʻrinli olimpiya stadioni, har biri 2 mingdan tomoshabinni sigʻdira oladigan suv sporti saroyi, velodrom, yakkakurashlar va jamoaviy oʻyinlar majmualari bunyod etiladi[5].
Shaharchada, shuningdek, tennis, voleybol, futbol, chim ustida xokkey, yengil atletika kabi sportlar boʻyicha 15 ta ochiq maydon boʻladi. Muzey va ofislarni oʻz ichiga olgan maʼmuriy bino, sunʼiy koʻl va bogʻ barpo etiladi[6][5].
Shaharcha qurilishi yakunlangach Sport vazirligi, Antidoping agentligi, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqotlar instituti, Sport turlarini rivojlantirish markazi shu yerga koʻchiriladi[5].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Фото: Олимпия шаҳарчаси лойиҳаси тақдим этилди“ (oʻzbekcha). gazeta.uz. Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Olimpiya shaharchasi qurilishini boshlab berdi“ (oʻzbekcha). kun.uz. Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi“. Kun.uz. Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ „Олимпия шаҳарчасида қурилиш жадал“. prezident.uz (2024-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-sentyabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „Олимпия шаҳарчасида қурилиш жадал“. prezident.uz (2024-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Prezident Toshkentda qurilayotgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi (+foto)“. gazeta.uz. Qaraldi: 10-noyabr.