Olimpiya xartiyasi
Olimpiya xartiyasi Olimpiya oʻyinlarini tashkillashtirish va Olimpiya harakatini boshqarish uchun qoida va koʻrsatmalar toʻplamidir. Xartiya oxirgi marta 2013-yil 9-sentabrida yangilandi.
Olimpiya xartiyasi Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan qabul qilinib, fundamental prinsip, qoida va qarorlardan iborat. Olimpiya xartiyasi rasmiy ikki — fransuz va ingliz tillarida tuzilgan, boshqa tillarga mahalliy Olimpiya qoʻmitalari tomonidan tarjima qilinishi mumkin. Bunda xartiyaning fransuzcha matni bosh boʻlib, tahrirlar avvalo fransuzchada qilinadi va inglizchaga oʻgiriladi.
Olimpiya xartiyasining bosh prinsiplaridan biri quyidagicha:
"Sport bilan shugʻullanish har bir inson huquqidir. Har kim hech qanday kamsitishlarsiz, oʻzaro doʻstlik, birdamlik va fair-play talab qiluvchi Olimpiya ruhida sport bilan shugʻullanish imkoniga ega boʻlishi kerak."
Havolalar
tahrir- Joriy Olimpiya xartiyasi (ingl.)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |