Oliya Teshayevna Mahmudova (1939-yil 30-sentyabr, Buxoro) – Oʻzbekiston Respublikasi Xalq oʻqituvchisi (2002). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1962). 1962-yildan Jondor tumanidagi 3-maktabda matematika va chizmachilik fani oʻqituvchisi. Mahmudova darslarni yangi pedagogik texnologiya asosida, texnika vositalaridan unumli foydalangan holda oʻtadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil