Olmaota markaziy masjidi
Olmota markaziy masjidi (qozoqcha: Almaty ortalyq meshiti/Алматы орталық мешіті, ruscha: Centralnaya mechet Almaty/Центральная мечеть Алматы) Olmaota va hatto Qozogʻistondagi eng yirik masjidlardan biri hisoblanadi. 7000 namozxonga moʻljallangan bu masjid 1890-yilda qurilgan va 1987-yilda yonib ketgan eski masjid oʻrnida bunyod etilgan.
Masjid | |
Olmaota markaziy masjidi
Almaty ortalyq meshiti/Алматы орталық мешіті | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Shahar | Olmota |
Koordinatalar | 43°16′06″N 76°57′12″E / 43.268438°N 76.953324°E |
Loyiha muallifi | Yesmagambet Nurbek |
Asosiy sana: 1996-1999
| |
Gumbaz balandligi | 36 metr |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 20 metr |
Sayt | Rasmiy sayt |
Olmaota markaziy masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirMarkaziy masjid 1890-yildan buyon faoliyat yuritib kelgan eski tatar masjidi oʻrnida qurilgan. Masjidning poydevori 1993-yilda qoʻyilgan, ammo qurilishi 1999-yilgacha ham yakunlanmagan. Loyihaning arxitektorlari Bayagambetov, Sharapiev va Jarylgapovlar boʻlgan[1][2].
2000-yilda katta gumbazni turkiy xattotlar Qur’on oyatlari bilan bezatishgan; yuqori sifatli ovoz kuchaytiruvchi uskunalar xarid qilingan. Birinchi qavat toʻliq taʼmirlangan, kuchli konditsionerlar oʻrnatilgan, bosh imom va hisobchi kabinetlari zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan, Qur’on oʻqish zalidagi oʻrindiqlar qimmatbaho yogʻochdan yasalgan oʻrindiqlarga almashtirilgan, maysazor 1700 m² maydonda vujudga keltirilgan. Masjid 7 ming kishiga moʻljallangan. Uning toji diametri 20 metr, balandligi 36 metr boʻlgan gumbaz bilan bezaklangan[3].
Masjid gumbazdor, toʻrtburchak shakldagi bino boʻlib, minorasi sharqiy-gʻarbiy oʻq boʻylab choʻzilgan. Masjid umumiy (bir vaqtning oʻzida) 3000 ga yaqin kishini sigʻdira olgan. Binoning asosiy kirish eshigi peshtoq shaklida ishlangan. Gumbaz ikki yarusli baraban – oktaedrli, silindrga oʻtuvchi kamonli deraza teshiklari bilan bezaklangan va koʻk rangli koshinlar bilan qoplangan. Toʻrt burchakli bezaklarda bosh gumbaz motivi takrorlangan. Bino devorlari oq marmar bilan qoplangan. Rangli mozaika bilan asosiy gumbazning barabani bezatilgan. Kirish qismida milliy naqshlar bilan bezaklangan eman eshiklar oʻrnatilgan. Janubi-sharqiy burchakda balandligi 47 metr boʻlgan ikki qavatli minoraga oʻtish yoʻlagi mavjud[2].
2001-yilda Respublikaning markaziy masjidi binosi Olmaota shahridagi mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tarix va madaniyat yodgorliklari Davlat roʻyxatiga kiritgan[4].
Dastlab masjid oddiy koʻk gumbazli boʻlgan. 2006-yilda asosiy gumbaz gulli bezakli keramik plitkalar bilan bezatilgan. 2010-2011-yillarda keramik plitkalar oltin plitalar bilan almashtirilgan.
Arxitekturasi
tahrirMasjidning poydevori 1993-yilda qoʻyilgan[5]. Qurilish 1999-yilda yakunlangan[6]. 2000-yilda katta gumbaz turkiy xattotlar tomonidan Qur’on oyatlari bilan bezatilgan.
Masjid 3000 tagacha kishini oʻziga sigʻdira oladi. Inshootning janubi-gʻarbiy qismi Makka tomon burilgan. Janubi-gʻarbiy qismida butun tuzilishdan ajralib turadigan ajoyib pentaedral mehrobni koʻrish mumkin. Minoralar binoning turli burchaklarida joylashgan boʻlib, gumbazlar sirti haqiqiy oltin bilan qoplangan.
Bu hududdagi minoralarning balandligi 47 metrni tashkil qiladi.
Asosiy gumbazning balandligi 36 metr. Gumbazning ichki maydoni rangli mozaikalar bilan bezatilgan boʻlib, ularga Qur’ondan keltirilgan suralar yozilgan[7].
Madaniy merosi
tahrir2006-yil 22-dekabrda Qozogʻiston Milliy banki Qozogʻistonning butun madaniyatini kengroq anglash, dinni tinchlikparvar taʼlimot sifatida koʻrsatishni targʻib qilish maqsadida 500 tengelik kumush tangada masjid tasvirini tushirgan. Bundan maqsad, aholining maʼnaviy va axloqiy holatini takomillashtirishdan iborat.
Galereya
tahrir-
Olmaotadagi Markaziy masjidning sopol gumbazi, 2008-yil
-
Tanganing old tomoni
-
Tanganing orqa tomoni
-
Kazpost 50 tengelik pochta markasi, 2003-yil
Manbalar
tahrir- ↑ Populi. „Под минаретами Алматы | VOXPOPULI“ (ru-RU) (2016-yil 16-mart). 2022-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 „Управление культуры города Алматы“. ainura.kz. 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
- ↑ „Президент поздравил казахстанцев с праздником Курбан-айт – доп.“ (ru). kaztag.kz. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
- ↑ „Средняя Азия. Строить свое «Я»“ (ru). prorus.ru. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
- ↑ „The Central Mosque of Almaty - Religion - Almaty“. www.almaty-hotels.net. Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.
- ↑ „Central Mosque Almaty - Almaty Kazakhstan“. Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.
- ↑ „Центральная мечеть в Алматы - адрес, телефон, время работы на сайте Visitalmaty.kz“ (ru). visitalmaty.kz. 2020-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.