Olmos jilosi
„Olmos jilosi“ — oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub ilmiy-fantastik qissa. 1983-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida shu nomli toʻplamda chop etilgan[1]. Qissa oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olingan[2]. Adabiy tanqidchi Ozod Sharafiddinov „Olmos jilosi“ qissasini „Rene jumbogʻi“ qissasi bilan bir qatorda ilmiy-fantastika janridagi muhim oʻzbekcha asarlardan ekanligini taʼkidlagan[3]. Qissa rus tiliga ham tarjima qilingan va „Blesk almaza“ (ruscha: Блеск алмаза) nomli toʻplamda chop etilgan[4].
Muallif(lar) | Hojiakbar Shayxov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | ilmiy fantastika |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1983 |
1983-yil „Olmos jilosi“ nomi bilan chop etilgan toʻplamga „Olmos jilosi“ qissasi bilan bir qatorda „Alanga“, „Rene jumbogʻi“, „Reya toshlari“ va „Qora tuynuk sari“ qissalari kiritilgan. Ushbu beshala qissada oʻzbek fazogiri Olmos Azizovning kosmik sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Qissalarda sovet mafkurasiga mos ravishda kommunizm gʻoyalari ilgari surilgan[manba kerak]. Toʻplamga Xudoyberdi Toʻxtaboyev taqrizchilik, Anvar Obidjon esa muharrirlik qilgan. Asar soʻnggida filolog Pirmat Shermuhamedovning Shayxov ijodi haqidai „Istiqlol shaydosi“ maqolasi keltirilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Olmos jilos“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 3-noyabr.
- ↑ Rasulova, Umida. XX asr o‘zbek qissachiligi (poetik izlanishlar va taraqqiyot tamoyillari). Toshkent: Alisher Navoiy Nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, 2020 — 56-bet. Qaraldi: 17-noyabr 2024-yil.
- ↑ Shayxov, Hojiakbar. Tutash olamlar; Ikki jahon ovorasi. Toshkent: Sharq, 2001 — 6-bet. Qaraldi: 17-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Блеск алмаза“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 3-noyabr.