Olmos minorasi (ruscha: Алмазная башня, arabcha: برج الماس) — Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi 360 metrlik osmonoʻpar bino. Binoning qurilishi 2005-yil boshida boshlangan va 2009-yil boshida yakunlangan. Bino 74 qavatdan iborat boʻlib, ulardan 70 tasi tijorat maqsadlarida foydalaniladi, 4 tasi texnik qavatdir. 2015-yil holatiga koʻra, minora shahardagi eng baland binolar orasida 5-oʻrinda, Osiyoda 26-oʻrinda va dunyodagi eng baland binolar oʻrasida 34-oʻrinda .

Olmos minorasi
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi  BAA, Dubay
Qurilishi boshlangan 2005-yil
Qurilishi tugagan 2009-yil
Egasi Dubai Multi Commodities Centre
Balandligi
Antenna / Shpil 363,07 metr
Eng yuqori qavati 279,3 metr
Texnik holati
Qavatlar soni 74 metr (5 ta yer osti qavati bilan)
Liftlar soni 35 ta
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Atkins Middle East
Quruvchi Nakheeel Properties
Olmos minorasi

Bino Emiray ko‘li yaqinidagi klaster o‘rtasida joylashgan sun’iy orolda joylashgan bo‘lib, klasterdagi eng baland bino hisoblanadi. Minora Atkins Middle East arxitektura kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, ishlab chiqaruvchisi ACC (Arabian Construction Co.) bilan birgalikda Yaponiyaning Taisei Corporation firmasi edi. Loyiha 2005-yil 16-iyuldan beri Nakheel Properties tomonidan boshqariladi.

Foydalanish

tahrir

Binoda Dubay olmos birjasi hamda, qimmatbaho toshlar va marvaridlarni sotish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning ofislari joylashgan.

Shuningdek, binoda Dubai Gems Club, Dubai Pearl Exchange, Kimberley Process ofisi, majlislar zallari, qimmatbaho toshlarni xavfsiz tashish bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar ofislari joylashgan.

Mukofotlari

tahrir

Olmos minorasi 2010-yilgi nufuzli Emporis Skyscraper mukofotida sakkizinchi oʻrinni egalladi.

Havolalar

tahrir