Olmosh

boshqa soʻz turkumlari oʻrnida qoʻllaniluvchi so‘z turkumi

Olmosh (lotincha: pronomen) — ot, sifat, son oʻrnida qoʻllanuvchi mustaqil soʻz turkumi. Olmoshlarning asosiy maʼnosi va qaysi soʻz turkumi oʻrnida qoʻllanishi matnda oydinlashadi. Olmoshlarning maʼnosi noaniq va umumiy boʻladi. Maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, Olmosh umumlashgan predmet (Olmosh - ot: men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima), umumlashgan belgi (Olmosh - sifat: bu, shu, oʻsha, qaysi, allaqanday, hech qanday), umumlashgan miqdor (Olmosh - son: qancha, necha, shuncha, oʻshancha) bildi-ruvchi Olmoshlarga boʻlinadi. Olmoshlar noaniqligi, soʻz yasalishining yoʻqligi bilan boshqa soʻz turkumlaridan farqlanadi. Olmoshlar maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi: kishilik olmoshlari — men, sen, u, biz, ular boʻlib, shaxslar oʻrnida ishlatiladi, Oʻzlik olmoshi — oʻz soʻzidan iborat boʻlib, predmet maʼnosini kuchaytirib, taʼkidlab koʻrsatadi; Koʻrsatish olmoshi — bu, shu, oʻsha, u, ana, mana kabilar predmet va uning belgilarini koʻrsatadi; Soʻroq olmoshi — kim? nima? qancha? qanday kabilar predmet, belgi va miqdor haqida soʻroqni bil-diradi; belgilash-jamlash Olmosh — hamma, bari, baʼzan, har nima, har qanday kabilar predmet va uning belgisini umumlashtirib, jamlab koʻrsatadi; Boʻlishsizlik olmoshi — hech kim, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi kabilar inkor maʼnosini bildiradi.

Manbalar

tahrir