Olovbardoshlik — metallarning 1000° dan ham yuqori temperaturada havo yoki boshqa gazsimon muhit taʼsirida kimyoviy yemirilishga chidamlilik xususiyati. Oksidlaydigan atmosferada metall (krtishma) ning O. xossasi metall sirtida oksid — kuyindi katlami (metall ichida gaz diffuziyasini qiyinlashtiradigan qatlam) hosil boʻlishiga bogʻliq. O. metallning kislorod yutishi hisobiga metallning massasi ortishi yoki uning sirtidan kuyindi yoʻqolishi natijasida massasi kamayishi bilan ifodalanadi. O. materialni yuqori temperaturali sharoitda ishlatish mumkinligini belgilaydigan muhim omil qisoblanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil