Oltin gol — 1993-yildan 2004-yilgacha futbol boʻyicha pley-off bosqichi oʻyinlarida asosiy vaqt (90 daqiqa) yakuniga yetganda durang natija qayd etilgan taqdirda gʻolibni aniqlash maqsadida qoʻllangan usuldir.

Oliver Bierhoff

Bu vaziyatda, hakam tomonidan qoʻshimcha vaqt belgilanadi (oʻyin uchun 15 daqiqadan 2 taym). Agar jamoa qoʻshimcha vaqtda gol ursa (bunday „oltin“ gol deb ataladi), u holda u gʻolib boʻladi va oʻyin toʻxtaydi. Agar qoʻshimcha vaqtdan keyin hech bir jamoa gol ura olmasa, gʻolib penaltilar seriyasi orqali aniqlanadi. Oltin gol qoidasi xokkeydagi qoʻshimcha vaqt qoidasiga juda oʻxshaydi.

„Oltin gol“ qoidasi hujumkor oʻyin uslubini qoʻllab-quvvatlash va penaltilar seriyasini qisqartirish maqsadida qabul qilingan. Biroq, bu usul koʻp hollarda teskari natijaga olib keldi — jamoalar magʻlubiyat ehtimolini kamaytirish uchun „himoyaviy“ futbol oʻynini maʼqul koʻra boshlashti.

„Oltin gol“ atamasi va qoidasiga 1993-yilda FIFA tomonidan oʻzgartirishlar kiritilgan. Qoida koʻra uni qoʻllash majburiy emas, xususan undan foydalanish boʻyicha qaror har bir chempionat doirasida alohida qabul qilingan. Yevropa chempionatida bu qoida birinchi marta 1996-yilda, Jahon chempionatida - 1998-yilda qoʻllangan.

Yevropa chempionatidagi ilk „oltin gol“ 1996-yili Germaniya va Chexiya terma jamoalari oʻrtasidagi final uchrashuvida germaniyalik Oliver Bierxof tomonidan kiritilgan edi.

Jahon chempionati tarixidagi ilk „oltin gol“ni 1998-yili 1/8 finalida Loran Blan kiritgan va shu tariqa Paragvayga qarshi oʻyinda Fransiya termasiga gʻalaba keltirgan edi .

2004-yil fevral oyida XFAK (Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi) tomonidan -

2004-yil Portugaliyada boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatidan soʻng, oltin va kumush gol qoidalarini oʻyin qoidalaridan olib tashlash boʻyicha oʻz qarorini qabul qildi[1]. 2006-yil Germaniyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatidai „oltin gol“ qoidasi qoʻllanilmadi. Oʻyinda kiritilgan gollar sonidan qatʼi nazar, hakam tomonidan belgilangan barcha qoʻshimcha (30 daqiqa) vaqt davomida oʻyin davom etadi. Agar qoʻshimcha taymlar yakunida hali ham durang boʻlsa, gʻolib penaltilar seriyasiga koʻra aniqlanadi.

1994-yilgi Karib kubogida, qoʻshimcha vaqtda urilgan „oltin gol“ ikki karra hisobga olingan. Shu bois, bu turnir gʻayrioddiyligi bilan tarixda oʻrin olgan. Shundan, bu qoida oʻyindan chiqarilgan.

Sportning boshqa jamoaviy turlarida

tahrir

Shuningdek, oltin gol qoidasi, nafaqat rasmiy XXF (Xalqaro xokkey federatsiyasi), MXL (Milliy xokkey ligasi) va KXL (Continental xokkey ligasi) oʻyinlarida pley-off bosqichi oʻyinlarida, balki turli davra oʻyinlarida ham amal qiladi.

Biroq, futboldan farqli oʻlaroq, xokkeyda oltin gol durang oʻynashni taqiqlash tufayli amalga oshiriladi, jamoalar asosiy vaqtda durang natijani qayd etgan taqdirda qoʻshimcha vaqt beriladi va qoidaga koʻra oʻyin birinchi gol kiritilgunga qadar davom etadi.

Manbalar

tahrir
  1. „FIFA“. 15-iyul 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2006-yil.