Oltin vodiydan shabadalar

Oybek ijodiga mansub roman

Oltin vodiydan shabadalarOʻzbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek qalamiga mansub roman. Ilk marotaba Qizil Oʻzbekiston gazetasining 1949-yil 6-noyabrdagi sonida romandan parchalar eʼlon qilingan. Toʻliq tarzda esa 1959-yilda Oybekning toʻrt tomlik Tanlangan asarlari bilan birga nashr etilgan. Roman 1971-yil Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti tomonidan 528 betli qattiq muqovada, 1976-yilda Fan nashriyotida 544 betli qattiq muqovada 5000 nusxada nashr etigan. Soʻnggi marotaba 2019-yil Yangi Asr Avlodi nashriyotida lotin yozuvida chop etildi.[1]

Oltin vodiydan shabadalar

2019-yilgi nashr muqovasi
Muallif(lar) Oybek
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman
Nashriyot
Sahifalar soni
  • 428 bet (1971)
  • 544 bet (1976)
  • 528 bet (2019)
ISBN ISBN 978-9943-20-590-1

Oltin vodiydan shabadalar yangi davr adabiyotida katta hajmdagi roman boʻlib, unda oʻzbek xalqining yaqin oʻtmishi, turmush tarzi, har qanday ogʻir vaziyatda ham oʻz irodasini koʻrsata oluvchi xalq ekanligi va oʻzbek millatiga mansub mehnatkash kishilarning betakror fazilatlari tasvirlangan.[2]

Romanning yozilishi tarixi

tahrir

Oltin vodiydan shabadalar Oybekning zamonaviy mavzuga bagʻishlangan birinchi yirik asaridir.Yozuvchi oʻzining bu asarini yaratishga ikkinchi jahon urushining soʻnggi yillarida taraddud koʻra boshlagan edi. Adibning 1944-1949-yillar orasida yozgan oʻzbek paxtakorlarning urushdan keyingi hayotiga bagishlangan qator maqolalari shundan dalolat beradi.

Oltin vodiydan shabadalar qisqa vaqt ichida, olti oyda yozilgan.Shunga qaramay roman bir nechta qoralama va oqlama qoʻlyozma nusxalariga ega. Romanning qoralama nusxasi 12 va 24 varaqlik maktab daftarlariga hamda standart yozuv qogʻoziga arab yozuvida qora qalam va binafsha siyoh bilan yozilgan.

Romanning Oybek dastxati bilan yozilgan oqlama nusxasidan jiddiy farq qiluvchi qoʻlyozma birinchidan asarda tasvirlangan voqealar rivojini izchil suratda aks ettirmaydi. Ikkinchidan u asarning uch yoqlama nusxasi uchun faqatgina eskiz vazifasini oʻtab soʻngi manbadan tahrir qatlamlari bilan farq qiladi. Romanning oqlama nusxalaridan biri adib tomonidan yozilgan boʻlib unga baʼzi yengil tuzatishlar kiritilgan.

Nashriyot uchun moʻljallangan ikkinchi oqlama nusxa esa Oybek Pokiston safarida boʻlgan vaqtida umr yoʻldoshi Zarifa Saidnosirova qoʻli bilan koʻchirilgan. Romanning „Sharq yulduzi“ jurnalida eʼlon qilingan boblari va „Oʻzdavnashr“ tomonidan chop etilgan qoʻlyozmalar Oybek dastxati bilan yozilgan oqlama nusxadan mutlaqo farq qilmaydi. Romanning har ikkala oqlama nusxasi 1949-yilda standart qogʻozga arab shriftida binafsha rang siyoh bilan yozilgan.

Oltin vodiydan shabadalar romaning ilk qismlari elon qilingandan soʻng roman haqida turli tanqidiy fikrlar bildirildi. Oybek romani boʻyicha bildirilgan fikrlarni etiborga olib va 4 tomlik Tanlangan asarlarni nashrga tayyorlash munosabati bilan 1958-yilda mazkur asarni qayta ishlab unga yangi boblar, yangi epizod va lavhalar qoʻshadi. Umumiy soni 22 ta boʻlgan bunday qoʻshimchalar adibning ogʻir xastalik kezlarida turmush oʻrtogʻi Zarifa Saidnosirova tomonidan yozib olingan.

Romanning qoʻlyozma nusxalarida ayrim soʻzlarning yozilishi mavjud imlo qoidalariga muvofiq kelmagan yohud individual koʻrinishga ega boʻlmagan. Jumladan Oybek ayrim soʻzlarni yumshatib mayinlashtirib talaffuz etish va yozishga moyil boʻlgani sababli „boraman“, „kelaman“ qabilidagi fellarni „boramen“, „kelaman“ shaklida „ter“, „shohi“ singari soʻzlarni „tel“ va „shoyi“ tarzida yozadi. Shuningdek dialektizmga oid „boyaqish“ kabi ayrim soʻzlarni jonli til taʼsirida „boyqish“ deb ishlatadi. Romanning 1971-yilda Oybek asarlarning oltinchi tomida eʼlon qilingan nashridan boshqa barcha bosma manbalar adibning hayotlik davriga oiddir.

Nashrlar

tahrir
  • Oltin vodiydan shabadalar — (romandan parcha) Qizil Oʻzbekiston gazetasi 1949-yil 6-noyabr
  • Oltin vodiydan shabadalar — (romanning 1-15-boblari) Sharq yulduzi jurnali 1949-yil 11-son, 1950-yil 1-son
  • Oltin vodiydan shabadalar — (roman) Toshkent. Oʻzdavnashr Nashriyoti 1950-yil. Muharrir: Sh.Rashidov
  • Oltin vodiydan shabadalar — (romandan parchalar) Yosh Lelinchi gazetasi. 1951-yil 17-noyabr
  • Oltin vodiydan shabadalar — (romandan parchalar) Toshkent. Qizil Oʻzbekiston gazetasi va Pravda vostoka nashriyoti. 1951-yil. Muharrir: M.Yusupov. 68 bet
  • Oltin vodiydan shabadalar — (romanning 7 va 13 boblari) „Abadiy birgamiz“ (toʻplam). Toshkent. Oʻzdavnashr. 1954-yil
  • Oltin vodiydan shabadalar- Oybek. Tanlangan asarlar (4 tomlik) 4-tom. Toshkent. Oʻzadabiynashr. 1959-yil. Muharrirlar: J. Nasirddinov, X. Gʻulomova. 455 bet
  • Oltin vodiydan shabadalar- Oybek. Asarlar (10 tomlik) Oltinchi tom. Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1971-yil. Muharrir: M. Joʻrayev. 428-bet
  • Oltin vodiydan shabadalar- Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Fan nashriyoti. 1976-yil. 544 bet. Adadi 5000 nusxa.
  • Oltin vodiydan shabadalar-Yangi Asr Avlodi nashriyoti. Qattiq muqovada. Toshkent. 2019-yil. 528 bet
  • Shuningdek roman S.Borodin tarjimasida 1951-yilda Toshkentda, 1960-yilda Moskvada rus tilida nashr etildi. 1952-yilda Toshkentda asar uygʻur tilida chop etildi. 1956-yilda esa V. Gnatovskiy tarjimasida Kiyevda ukrain tilida bosib chiqarildi.1954-yilda oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati nashriyoti tomonidan brayl alifbosida ham nashr etilgan.

Qahramonlari

tahrir
  • Oʻktam Boyjonov
  • Komila
  • Rayis Mirhaydar Ashurov
  • Tansiq
  • Anorxon
  • Shokirov
  • Hamdam Aliyev
  • Doniyorov
  • Vrach Salimova
  • Poʻlatov
  • Sorabibi
  • Nasimjon
  • Zaynab
  • Ulkanbibi Komilova
  • Suvchi Ibroxim Soataliyev
  • Zamira
  • Oʻlmasxon

Manbalar

tahrir
  1. arxiv nusxasi, 2021-12-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-12-30
  2. https://uza.uz/uz/posts/oltin-vodiydan-shabadalar-06-12-2019

Havolalar

tahrir