Oltin yugurtirish - buyumlar sirtiga yupqa qatlamda (0,01 mkm dan bir necha mkm gacha) oltin qoplash. Buyumlarning korroziyaga chidamliligini, elektr oʻtkazuvchanligini, yaltiroqligini oshirish, shuningdek, dekorativ-himoya maqsadlarida qilinadi. Oltin yugurtirishda galvanik, katodli purkash, yupqa zar qatlamini yopishtirish, kontakt-mexanik usullar (buyum sirtiga oltin kukunini sepib ishlov berish, olovda oltin amalgamasini qoplash va boshqalar) qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil