Ombudsman (shvedcha ombudsman — biron kishi manfaatlarining vakili) — turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa — shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxs. Ombudsman. nazoratni amalga oshiradi va prokuraturadan farqli ravishda na-faqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, adolatparvarlik nuqtai nazaridan ham tekshirish olib boradi. Bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida — Ombudsman.; Ispaniya va Kolumbiyada — xalq himoyachisi; Fransiyada — vositachi, Ruminiyada — xalq advokati va shahrik. Ombudsman. turli yullar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u parlament tomonidan 5 yilga sayla-nadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada — Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat koʻpchilik mamlakatlarda har bir fuqaro Ombudsman.ga bevosita murojaat qilishga haklidir. Ombudsman. kamchilik yoki suiisteʼmollarni aniklab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga kursatadi va ularni bartaraf etishni taklif etadi. Agar ular O.ning taklifidan bosh tortsa, O. sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. O. fuqarolarning shikoyatlari boʻyicha, shuningdek, oʻz tashabbusi bilan ish olib boradi. Fransiyada fuqarolar vositachiga bevosita emas, balki oʻz senator yoki de-putatlari orqali murojaat qiladilar.

Dunyoda 1-marta O. lavozimi 1709-yil Shvetsiya qirolligi huzurida joriy qilingan. Hozirgi vaqtda u jahonning 110 dan ortiq mamlakatida mavjud. O. institutini tashkil etilishiga qarab 2 turga boʻlish mumkin: parlament tomonidan tayinlanadigan (saylanadigan) klassik tipdagi O. va ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan O. Klassik tipdagi O. har qanday tashkilot, korxona, muassasa va mansabdor shaxslarning faoliyatini tekshirish huquqiga ega. Klassik O. katarkta Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Portugaliya, Ispaniya va shahrik. koʻpgina mamlakatlar O.lari kiradi. Oʻzbekiston O.i ham klassik O. hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan O. huquklari biroz chegaralangan. Ular alohida sohalar boʻyicha tekshirish xuqukiga ega. Masalan, kasalxonalar, jazoni oʻtash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari boʻyicha shugʻullanadigan alohida sohalar O.lari.

O.ning alohida obroʻ-eʼtibori va zamonaviyligi uning demokratik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. O.lar davlat organlari tizimidan mustaqilligi, parlamentning belgilangan muddati davomida oʻzgarmasligi, qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi, oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilishga muhtoj boʻlgan barcha fuqarolarga ochiqligi, shikoyat va murojaatlarni taxlil etishda rasmiyatchilikka yoʻl qoʻymasligi, aholiga bepul xizmat koʻrsatishi bilan ajralib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasida O. faoliyatining huquqiy asoslari „Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1997-yil 24-aprel)da belgilab berilgan. Mazkur qonunga koʻra, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) — mansabdor shaxe boʻlib, unga Oʻzbekiston Respublikasi da davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan. Vakil oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi ning Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shart-nomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Ombudsman manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda yangi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqdi. Amaldagi Qonun 1997 yilda qabul qilinib, bugungi kunga qadar unga to‘rt marotaba o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Qonun 22 ta modda va 10 ta prim moddadan iborat bo‘lib, undagi eskirgan normalarni hozirgi davr talablaridan kelib chiqib yangi normalar bilan to‘ldirish hamda o‘zgartishlar kiritish, xususan Farmon bilan Ombudsman institutiga berilayotgan qo‘shimcha vakolat va vazifalarni hisobga olgan holda qo‘shimcha moddalar bilan to‘ldirish nazarda tutilmoqda. Ombudsman soʼzi – dunyoda «inson huquqlarini himoya qiluvchi» sifatida tushuniladi. Bu soʼz shved tilidan olingan boʼlib “vakil” degan maʼnoni anglatadi. U eng avval shved qiroli huzurida faoliyat yuritgan. Keyinchalik parlament shakllangandan soʼng 1809 yildan Parlament huzuriga koʼchgan. Аgar tarixga nazar solsak, shved qiroli ushbu tajribani islom davlatlarda faoliyat yuritgan muhtasiblar ishidan oʼrganganiga guvoh boʼlasiz. Muhtasiblar islom dini va shariat ahkomlari asosida faoliyat yuritib, nazorat funktsiyasini bajarishgan. XVII asrlarda shved qirolligiga hujum uyushtirilganda qirol hozirgi Turkiya hududlariga qochib oʼtishga majbur boʼladi. Qochqinda turk sultoni himoyasida mamlakatdagi fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi, oʼrnatilgan tartiblarni nazorat qiluvchi insonlarni kuzatadi. Keyinchalik oʼz vataniga qaytib, mana shu tizimni oʼz davlatida “Ombudsman” nomi bilan joriy etadi va bu Yevropada ham ommalashadi. Masalan, ispan elchisi Klavixoning Аmir Temur huzuriga tashrifi toʼgʼrisidagi kundaligida yozilishicha, Temur topshiriq berganda oʼz vaqtida bajarmagan rahbarlar va ularning bu kamchiligi haqida axborot beruvchi shaxslar boʼlgan. Shuningdek, fuqaro murojaatlari bilan ishlamagan aynan ana shunday rahbarlarni shaxsan Аmir Temur tomonidan koʼpchilik ichida jazolangani Klavixo tomonidan kichik epizod sifatida qayd etilgan. Mana shu misolda ham koʼrishimiz mumkinki, Аmir Temur inson huquqlari buzilishiga yoʼl qoʼyganlarga nisbatan qatʼiy boʼlgan. Dunyo tajribasida bu xildagi mansabdor shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida — O.; Ispaniya va Kolumbiyada — xalq himoyachisi; Fransiyada — vositachi, Ruminiyada — xalq advokati. O. turli yoʼllar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u parlament tomonidan 5 yilga saylanadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada — Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Аksariyat koʼpchilik mamlakatlarda har bir fuqaro O.ga bevosita murojaat qilishga haqlidir. O. kamchilik yoki suiisteʼmollarni aniqlab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga koʼrsatadi va ularni bartaraf etishni taklif etadi. Аgar ular O.ning taklifidan bosh tortsa, O. sud organlari yoki parlamentga murojaat qilishi mumkin. O. fuqarolarning shikoyatlari boʼyicha, shuningdek, oʼz tashabbusi bilan ish olib boradi. Fransiyada fuqarolar vositachiga bevosita emas, balki oʼz senator yoki deputatlari orqali murojaat qiladilar. Hozirgi vaqtda dunyoning 180 dan ortiq mamlakatida O. mavjud. O. institutini tashkil etilishiga qarab 2 turga boʼlish mumkin: parlament tomonidan tayinlanadigan (saylanadigan) klassik tipdagi O. va ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan O. Klassik tipdagi O. har qanday tashkilot, korxona, muassasa va mansabdor shaxslarning faoliyatini tekshirish huquqiga ega. Klassik O. Shvetsiya, Norvegiya, Daniya, Portugaliya, Ispaniya va koʼpgina mamlakatlar O.lari kiradi. Oʼzbekiston O.i ham klassik O. hisoblanadi. Ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadigan O. huquqlari biroz chegaralangan. Ular alohida sohalar boʼyicha tekshirish huquqiga ega. Masalan, kasalxonalar, jazoni oʼtash muassasalari, bolalar, nogironlar huquqini himoya qilish, harbiy xizmatchilar, jinoyatlardan jabrlanganlar, soliq muassasalari boʼyicha shugʼullanadigan alohida sohalar O.lari. O.ning alohida obroʼ-eʼtibori va zamonaviyligi uning demokratik xususiyatlari bilan tavsiflanadi. O.lar davlat organlari tizimidan mustaqilligi, parlamentning belgilangan muddati davomida oʼzgarmasligi, qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi, oʼz huquq va erkinliklarini himoya qilishga muhtoj boʼlgan barcha fuqarolarga ochiqligi, shikoyat va murojaatlarni tahlil etishda rasmiyatchilikka yoʼl qoʼymasligi, aholiga bepul xizmat koʼrsatishi bilan ajralib turadi. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) – Oʼzbekistondagi Inson huquqlari boʼyicha Ombudsman Oliy Majlisning Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) instituti 1995 yilda tashkil etilgan. Ushbu institut MDH hududida birinchilardan boʼlib Oʼzbekistonda taʼsis etilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) lavozimiga Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylangan Ombudsmanlar:

Rashidova Sayyora Sharafovna 1995-2015 yy.


Muxammadiev Ulugʼbek Nasriddinovich 2015-2021 yy.


Eshmatova Feruza Farxodovna 2021 yildan hozirga qadar

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 24 aprelda boʼlib oʼtgan sakkizinchi sessiyasiida “Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilindi. Shu kunga qadar ushbu hujjat Ombudsman vazifalari va vakolatlarini kengaytirish zaruriyati nuqtai nazaridan takomillashtirilib borilmoqda. "Oliy Majlisning Inson huquqlari vakili (ombudsman) toʼgʼrisida" Oʼzbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) (bundan buyon matnda Vakil deb yuritiladi) mansabdor shaxs boʼlib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda tashkilotlar va mansabdor shaxslar deb yuritiladi) tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʼgʼrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan. O. oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shart-nomalariga, shuningdek, xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan printsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil oʼz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe boʼlmagan tarzda amalga oshiradi va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. O. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning oʼz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini koʼrib chiqadi va u oʼz tekshiruvini oʼtkazish huquqiga ega. O. tashkilotlarga va mansabdor shaxslar huzuriga moneliksiz kirish, ulardan hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni soʼrash hamda olish, mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish, aniqlanishi lozim boʼlgan masalalar yuzasidan tashkilotlar va mutaxassislarga xulosalar tayyorlashni topshirish, Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi koʼrib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish, uning majlislarida ishtirok etishi va sud tomonidan koʼrib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan oʼz nuqtai nazarini bayon etish, fuqarolar manfaatlarini koʼzlab arizalar va daʼvolar bilan sudlarga davlat boji toʼlamasdan murojaat etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining axborotini eshitish masalasini koʼrib chiqish toʼgʼrisidagi taklif bilan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʼmitalariga murojaat qilish, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarida aniqlangan buzilishlarni, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʼgʼrisida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda koʼrib chiqilishi majburiy boʼlgan taqdimnomalar kiritish, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini oʼtkazish, ushlab turilgan va qamoqda saqlanayotgan shaxslar bilan holi tarzda uchrashish va boshqa huquqlarga ega. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonida Parlament O.ga qonunchilik tashabbusi huquqi berilishi belgilangan.

O. huzuridagi qiynoqlarning oldini olish boʼyicha Milliy preventiv mexanizm

2002 yil 18 dekabrda BMT Bosh Аssambleyasining 57/199-rezolyutsiyasi bilan Qiynoqlar hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi Konventsiyaga doir Fakulьtativ protokoli bilan milliy preventiv mexanizm (MPM) tashkil etilishi nazarda tutilgan. Milliy preventiv mexanizm – qiynoqning har qanday koʼrinishlarining oldini olish maqsadida mustaqil xalqaro va milliy organlarning ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saqlanadigan joylarga muntazam tashriflar tizimini yaratishdir. 2019 yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) huzurida qiynoqlarning oldini olish boʼyicha Milliy preventiv mexanizm instituti joriy etilgan. Unga muvofiq Vakil qamoqda saqlash joylariga muntazam kirib turish orqali qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʼllashning oldini olish boʼyicha choralar koʼrishi belgilab berildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 iyundagi “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori bilan Ombudsman huzuridagi MPM faoliyati yanada takomillashtirildi. Ombudsman huzurida Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʼyicha jamoatchilik guruhlari tashkil etildi. Ular zimmasiga qiynoqqa solish holatlarini aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish boʼyicha talabnomalarni tegishli davlat organiga taqdim qilish, qiynoqqa solish holatlari toʼgʼrisidagi murojaatlarni koʼrib chiqishda ishtirok etish kabi vazifalar yuklatilgan. Shuningdek, Qarorda Jamoatchilik guruhlari tarkibiga Inson huquqlari boʼyicha Milliy markaz ekspertlari, tibbiyot xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini jalb qilish va bunda ularning monitoring tashriflarini amalga oshirish uchun kasbiy malakasi va amaliy bilimlarga ega boʼlishini hamda gender tengligi taʼminlanishini hisobga olish ham belgilangan. O. tomonidan har yili 15 martga qadar Oliy Majlis palatalariga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi munosabat hamda jazo turlarini qoʼllash holatlarining oldini olish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼruza taqdim etiladi va ushbu maʼruza ombudsman.uz saytiga joylashtiriladi.

O.ning hududlardagi mintaqaviy vakillari Shuningdek, Farmonga asosan 2022 yilning 1 yanvaridan Obudsmanning mintaqaviy vakillari doimiy asosda faoliyat yuritishi belgilandi. Ularga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, inson huquqlari monitoringini tashkil etish va oʼtkazish, fuqarolarning shikoyatlarini qabul qilish va koʼrib chiqish, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda koʼmaklashish, oʼz tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga koʼra, murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida koʼrib chiqishni tashkil qilish, ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo oʼtayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar oʼtkazish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish vazifalari yuklatildi. Ombudsmanning mintaqaviy vakillari oʼzlarining faoliyatida bevosita Ombudsmanga hisobdordir.

Xalqaro aloqalar Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish Vakil faoliyatining muhim yoʼnalishi hisoblanadi. Ushbu faoliyat BMT va YeXHT xalqaro shartnomalar ijrosi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi maʼruzalarini tayyorlashda ishtirok etish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda aʼzolik doirasida, xorijiy Ombudsmanlar bilan koʼp tomonlama aloqalarni rivojlantirish, xalqaro forumlar, chet yel delegatsiyalarini qabul qilishda ishtirok yetish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari boʼyicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkasblar murojaatlarini koʼrib chiqish orqali amalga oshiriladi. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Xalqaro Ombudsman instituti, Yevropa Ombudsman instituti, Osiyo Ombudsmanlar Аssotsiatsiyasi, Turkiy tilli davlatlar va Inson huquqlari boʼyicha milliy institutlar Аssotsiatsiyasi hamda Yevroosiyo Ombudsmanlari Аlьyansi kabi xalqaro birlashmalarning toʼla qonli aʼzosi hisoblanadi. Vakil tomonidan xorijiy ombudsmanlari bilan xamkorlik toʼgʼrisida 20 dan ortiq memorandumlar imzolangan. Turkiya, Shvetsiya, Ispaniya, Portugaliya, Polsha, Janubiy Koreya, Slovakiya, Bolgariya, Latviya, Rossiya, Yaponiya, Tailand, Fransiya, Ozarbayjon, Serbiya, Vengriya va Markaziy Osiyo davlatlari Ombudsmanlari shular jumlasidandir. 2020 yilda Global alьyans tomonidan Oliy Majlisning Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) faoliyatining Parij printsiplariga muvofiqligi boʼyicha akkreditatsiyadan oʼtkazilgan va unga “B” maqomi berilgan.

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Sattorov A., Ombudsman — huquq himoyachisi, T., 2000.
  • Akmal Saidov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.