Ommetr (om va ...metr) — elektr qarshiligini oʻlchaydigan asbob. Ishi oʻzgarmas kuchlanishli tok manbaida oʻlchanadigan qarshilik orqali oʻtadigan tok kuchini oʻlchashga asoslangan. Oʻlchanadigan qarshilik diapazoniga qarab, megaommetrlar, teraommetrlar, mikroommetrlarga; magnitoelektrik oʻlchagichli, magnitoelektrik logometrli, elektron ommetrlarga boʻlinadi. Kattaligi 100 Om dan bir necha MOm gacha qarshiliklarni oʻlchash uchun ommetr oʻlchanadigan qarshilikka ketma-ket ulanadi. Katta qarshiliklar megaommetr bilan, kichik qarshiliklar mikroommetr bilan oʻlchanadi.

Ommetr

Yana qarang

tahrir