Omongul Safarboyeva

Sovet kolxozchisi

Omongul Safarboyeva (1925-yil, Chimboy tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS a'zosi (1955)[1].

Omongul Safarboyeva
Tavalludi 1925-yil
Vafoti Nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xo'jaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni «Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Tarjimayi holi

tahrir

Omongul Safarboyeva 1925-yili Chimboy tumanida tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni olgandan soʻng, 1944—1952-yillarda Chimboy tumanidagi Q. Avazov nomli sovxozda ishchi, 1952—1959-yillari zveno boshligʻi, 1959—1960-yillarda „Chimboy“ (sobiq Molotov nomli) sovxozda boʻlim boshqaruvchisi, 1960—1962-yillarda brigada boshligʻi vazifasida ishlagan. 1963-yildan Q. Avazov nomli sovxozda boʻlim boshqaruvchisi. Omongul Safarboyeva boshliq zvenoda 12 gektar maydonning har gektaridan 48 sentner paxta hosili yetishtirilgan (1956). 4—5-chariqiq SSSR Oliy Soveti (1955—1962), 6—7-chaqiriq Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzSE 1977, s. 548
  2. Timur Karimov. „Safarboyeva Omongul“ (rus tilida). 2021-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.

Adabiyotlar

tahrir
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656-bet.