Omonnisoxonim nafisiy
Omonnisoxonim nafisiy (1534 — Sharqiy Turkiston Makit tumani — 1567) — Yorkend (Yakan) xoni Abdurashidxon davrida (1533—69) yashagan uygʻur maqomshunosi, shoira, xattot. Yoshligidan sato va tanbur chalishni oʻrgangan. Abdurashidxonning O. N.ga uylanishi uning ijodiy faoliyatiga keng yoʻl ochib bergan, natijada musiqashunos olima, shoira, usta xattot boʻlib yetishib, xonlik madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan. O.N. "Na-fisiy" taxallusi bilan sheʼrlar yozgan va "Devoni Nafisiy" nomli mashhur sheʼrlar toʻplami, xotinqizlarga na-sihat mazmunidagi "Axloqi jamila" ("Goʻzal xulqlar") va shoirlik, nagʻmachilik va xattotlikka oid "Shuruh ul-qulub" ("Qalblar sharhi") nomli asarlar yozib qoldirgan. O. N. Qidirxon Yorkandiy bilan "Oʻn ikki maqom"ni tiklash ishiga hissa qoʻshgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |