Onega, Onego — Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining shimoliy-gʻarbidagi koʻl. Rossiya Federatsiyasining Kareliya Respublikasi, Leningrad va Vologda viloyatlarida. Maydoni 9,7 ming km² (orollarsiz). Oʻrtacha chuq. 30 m, eng chuqur joyi 127 m, suv hajmi 292 km3. Koʻl oʻrni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan va keyinchalik toʻrtlamchi davr materik muzliklari taʼsirida ancha oʻzgargan. Shimoliy va shim.gʻarbiy qirgʻoklari baland, oʻydim-chuqur, qoyali, jan. qirgʻoqlari esa, past va yassi. O.da 1360 dan ortiq orol bor (maydoni 250 km²). Koʻlga 58 daryo quyilib undan Svir daryosi oqib chiqadi. Suvi noyabrda muzlab, mayda eriydi. 47 baliq turi bor. Baliqchilik rivojlangan. Onega Oqdengiz—Boltiqkanali orqali Boltik va Oq dengizlari, Volga—Boltiq suv yoʻli orqali Volga havzasi bilan bogʻlangan. Kema qatnaydi. O.dagi Kiji o.da yogʻochdan ishlangan meʼmorlik muzey-qoʻriqxonasi bor. O. boʻyida Petrozavodsk, Kondopoga shaharlari joylashgan.[1]

Manbalar

tahrir
 
Onega
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil