OntarioKanadadagi provinsiya. Maydoni 1076,3 ming km². Aholisi 12,1 mln. kishi (2002), 82% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi va eng katta shahri — Toronto. Ontario hududida mamlakat poytaxti — Ottava shahri joylashgan. Ontario hududining katta qismi Lavrentiy kirlarida (eng baland joyi 646 m). Iqlimi moʻtadil iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6°, —24°; iyulniki 12—20°. Yillik yogʻin 500–750 mm. Foydali kazilmalarga boy daryolari katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Provinsiya janubida Buyuk koʻllar joylashgan. Mamlakat oʻrmon boyligining 1/4 qismi Ontario (Kanada) O. — Kanadaning iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan provinsiyasi, O. mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 1/2 qismini va kon mahsulotlarining 1/4 qismini beradi. Qishloq xoʻjaligi shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Ontario hududi orqali trans-Kanada yoʻllari oʻtgan. Sanlavrentiy daryosi orqali Buyuk koʻllarga kema qatnaydi.[1]

Ontario (Kanada) Niagara sharsharasi

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil