Oʻrta yer dengizi

Atlantika okeanining dengizi
(Oq Dengizdan yoʻnaltirildi)
Oq dengiz soʻrovi bu yerga yoʻnaltiriladi, Oq dengiz atamasining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang: Oq dengiz (maʼnolari)

Oʻrta dengiz — Atlantika okeanining materiklar oʻrtasidagi dengizi, Afrika bilan Yevrosiyo oraligʻida. Gibraltar boʻgʻozi orqali Atlantika okeani bilan, Dardanell boʻgʻozi orqali Marmar dengizi, Bosfor boʻgʻozi orqali Qora dengiz, Suvaysh kanali orqali Qizil dengiz bilan qoʻshilgan. Maydoni 2505 ming km2. Suv hajmi 3839 ming km3. Oʻrtachachuq. 1541 m, eng chuqur joyi 5121 m. Oʻrta dengizda Alboran, Balear, Liguri, Tirren, Adriatika, Ioni, Kipr va Egey dengizlari bor. Marmar, Qora va Azov dengizlarini ham Oʻrta dengiz havzasiga kiritadilar. Yirik qoʻltiqlari: Valensiya, Lion, Genuya, Taranto, Katta va Kichik Sirtlar. Yirik orollari: Balear, Korsika, Sardiniya, Sitsiliya, Krit va Kipr. Oʻrta dengizga Nil, Po, Rona va Ebro kabi yirik daryolar quyiladi.

Oʻrta dengiz
Koordinatalari 35°N 18°E / 35°N 18°E / 35; 18
Yuzasi 2 500 000 km2
Oʻrtacha chuqurligi 1 500 m
Eng katta chuqurligi 5 267 m
Suv hajmi 3 750 000 km3
Oʻrta dengiz

Oʻrta dengiz tubining relyefi murakkab. Materik yon bagʻri nisbatan tik, chuq. 2000– 4000 m. Geomorfologik jihatdan Gʻarbiy JazoirProvans, Markaziy va Sharqiy Levant soyliklariga boʻlinadi. Soyliklar tubi neogenantropogenning choʻkindi va vulkan jinslari bilan qoplangan. Oʻrta dengiz — faol seysmik zona.

Soʻngan va harakatdagi vul•s?#;kanlar joylashgan yirik * ʻ" : siniqlar bor. Markaziy va sharqiy soyliklarning ayrim joylari choʻkindi yotqiziqlar, jumladan, daryolar keltirgan oqiziqlar bilan toʻlgan. Sohil qismi qumli. Dengiz tagida neft va gaz konlari, yuqori miotsen yotqiziqlari orasida tuz qatlamlari mavjud.

Oʻrta dengiz subtropik mintaqada boʻlib, oʻz iqlim sharoitlari bilan mustaqil Oʻrta dengiz iqlimi tipini hosil qiladi. Qishi yumshoq, sernam, seryogʻin. Yozi issiq, quruq va kamyogʻin. Afrikadan sirokko shamoli esadi. Oʻrtacha temperatura yanvar da Oʻrta dengiz janubida 14—16°, shimoluda 7—10°, avgustda shimolida 22—24°, janubida 27—30°. Yillik oʻrtacha yogʻin 400 mm. Eng koʻp yogʻin dekabrda yogʻadi. Oʻrta dengizda sarob hodisasi tez-tez kuzatiladi. Dengiz suvi, asosan, shamollar tufayli sirkulyatsiya qiladi.

Kanar oqimi Afrika boʻylab Oʻrta dengizdan Livan sohillarigacha yetib keladi. Shuningdek, ayrim dengiz va havzalarning mahalliy oqimlari bor. Oʻrta dengiz tubining suvi Dunyo okeani dengizlari ichida eng iliq va shoʻrlaridan biri. Suvining temperaturasi yuza qatlamida fevralda 8° dan 17° gacha, avgustda 19—28°, baʼzida 30° ga yetadi. Shoʻrligi gʻarbida 36 %o, sharqida 39,5 %o. Suvining nisbiy tiniqligi 50–60 m gacha. Suv koʻtarilishi aralash va yarim sutkalik, balandligi 0,1—0,5 m. Qishda kuchli toʻlqinlar boʻladi.

Oʻrta dengizning oʻsimlik va hayvonot dunyosida fitoplankton va zooplanktonlar miqdori kam. Suvoʻtlar, asosan, peridineylar va diatomlar. Fauna turlari xilmaxil. Baliqning 550 dan ortiq turi maʼlum, jumladan, 70 xili endemik, shuningdek, turli xil dengiz jonivorlari bor.

Oʻrta dengiz muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Dengiz orqali Yevropani Afrika, Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan bogʻlovchi muhim suv yoʻllari oʻtgan. Dengizdan baliq (sardiniya, tunets, makrel, skumbriya va boshqalar) hamda dengiz hayvonlari ovlanadi. Shelf qismida suv ostidan neft va gaz olinadi. Dengiz orqali Yaqin Sharq va Afrikadan Yevropa davlatlariga neft quvurlari oʻtkazilgan. Yirik portlari: Barselona (Ispaniya), Marsel (Fransiya), Genuya, Neapol, Venetsiya, Triyest (Italiya), Pirey, Saloniki (Gretsiya), Bayrut (Livan), Iskandariya, PortSaid (Misr), Tripoli (Liviya), Jazoir (Jazoir). Oʻrta dengiz boʻyidagi (Fransiya, Monako va Italiyadagi Moviy qirgʻoq, Ispaniyadagi Levantiya sohili va Balear oroldagi va boshqalar) kurortlar dunyoga mashhur. Neft mahsulotlarini koʻplab qazib olish va tashish, sanoat chiqindilarini dengizga oqizish, turistik zonalarning kengayishi Oʻrta dengizda murakkab ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Oʻrta dengiz flora va faunasini muhofaza qilish bilan BMT qoshida tuzilgan maxsus komissiyalar shugʻullanadi.