Oq Nil
Oq Nil (inglizcha: White Nile) yoki Bahr ul-Abʼyaz (arab, bahr — daryo, abʼyaz — oq) — Nil daryosining chap irmogʻi, Al-Gʻazal daryosi quyilgan joydan Koʻk Nil daryosi quyiladigan joygacha boʻlgan qismining nomi. Uzunligi 957 km. Eng katta ir-mogʻi (oʻngdan) Sabat (u toʻlib oqqan vaqtlarda koʻplab oqish rangdagi mu-allaq oqiziqlar keltiradi; daryo nomi ham shundan). Sabat qoʻshilgan joydan Koʻk Nil quyiladigan joygacha juda sekin oqadi. Yuqori qismida yillik oʻrtacha suv sarfi 453 m³/sek., Hartum shahri yonida esa 800 m³/sek. Nil suvini tartibga solish uchun Hartum shahridan 40 km yuqorigatoʻgʻon qurilgan. O.N.dan sugʻorishda foydalaniladi, baliq ovlanadi. Kema qatnaydi.[1]
Oq Nil | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 2 620 |
Suv sarfi | 878 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Ruanda, Kongo Demokratik Respublikasi, Sudan, Janubiy Sudan, Tanzania va Uganda |
Oq Nil |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |