Oq ota jome masjidi
Oq ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Oq ota jome masjidi
Oq ota | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻstonliq |
Manzil | Qoramanas qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Bobur mahalla fuqarolar yigʻini |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik | 2021-yil 24-fevral—2023-yil 3-fevral |
Soʻngi imom | Faxriddin domla Mirzayev |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Balandligi | 18-20 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirOq ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Qoramanas qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Bobur mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan.
Tarixi
tahrirOq ota jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 9-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Jome masjid Toshkent viloyatining bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov ishtirokida 2021-yil 24-fevral kuni Boʻstonliq tumanida joylashgan Qoramanas qishloq fuqarolar yigʻini hududida yangi binosining qurilish ishlari boshlandi. 2023-yil 3-fevral qutlugʻ juma kuni ushbu jome masjidni yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, mahalla faollari, tuman imomlari, nuroniy otaxonlar, mahalliy aholi vakillari, homiylar va saxovatpesha insonlar qatnashdilar. – Yangi masjidimizga ikki yil oldin ilk gʻisht qoʻyilgan edi, – deydi „Oq ota“ jome masjidi imom-xatibi boʻlgan Faxriddin domla Mirzayev. – Bugun bu jome moʻmin-musulmonlar ixtiyoriga topshirildi. Masjid xonaqohi 600 oʻrinli, gumbazi balandligi 18–20 metr. Oʻn oʻrinli zamonaviy tahoratxonada barcha namozxonlar uchun sharoitlar yaratilgan. Imom-xatib xonasi, majlislar zali ham juda goʻzal tarzda barpo etildi[2]. Yangi jome masjid zamon talablari asosida qurilgan boʻlib, yaratilgan imkoniyatdan namozxonlar toʻlaqonli foydalanishlari mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ „ОҚ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
- ↑ „“Оқ ота” масжиди очилди“. www.vaqf.uz. 2023-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.