Oq qayroq, oq marka (Leuciscus aspius) — karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi oqqayroqlar (Leuciscidae) oilasiga mansub baliq. Uzunligi 60—80 sm, vazni 12 kg gacha. Shim. Boltiq, Qora, Orol dengizlari havzalarida, Oʻzbekistonning deyarli barcha suv havzalarida, jumladan Amudaryo va Sirdaryoda uchraydi. 3—5 yoshida voyaga yetadi. Mayda baliqlar, plankton, voyaga yetgan davrida esa baliq chavoqlari bilan oziqlanadi. Martdan maygacha 40 tadan 300 minggacha uvuldiriq tashlaydi. Qisman sanoat ahamiyatiga ega.[2]
Oqqayroq
|
|
Muhofaza maqomi
|
|
Biologik klassifikatsiya
|
|
Binar nomi
|
Leuciscus aspius
|
Sinonimlari
|
- Cyprinus aspius Linnaeus, 1758
- Aspius aspius (Linnaeus, 1758)
- Cyprinus rapax Leske, 1774
- Cyprinus taeniatus Eichwald, 1831
- Aspius rapax (Leske, 1774)
- Aspius vulgaris Leiblein, 1853
- Alburnus iblioides Kessler, 1872
- Aspius erytrostomus Kessler, 1877
- Aspius linnei Malm, 1877
- Aspius transcaucasicus Warpachovski, 1896
|