Oqqovun
(Oq qovundan yoʻnaltirildi)
Oqqovun, Oq qovun -557 -oʻrtapishar, serhosil nav. Shakli choʻziq — tuxumsimon, yirik, uz. 30—35 sm, yaxshi parvarish qilinsa 50—60 sm gacha yetadi, 6—10 kg. Sirti bir oz gʻadirbudur, yirik toʻrli. Tusi koʻkish-oq. Poʻsti qattiq. Etining qalinligi oʻrtacha —5—6 sm, oq, sershira, qumoq-yumshok. karsildoq. xushboʻy. Tarkibida 6,27- -10% qand, shu jumladan, 5,3—6,5% saharoza, 11,6—14,0% quruq modda bor.
Urugʻxonasi oʻrtacha, urugʻi yirik. Urugʻi unib chiqqach, 85—100 kundan keyin pishib yetiladi. Boʻz tuproqli yerlarda, ayniqsa yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 250—380 s/ga. Uzoqjoylarga yuborishga, qoqi qilishga yaroqli. Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi uchun rayonlashtirilgan. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |