Oq tunlar
Oq tunlar — yozning boshida ikkala yarim sharning 60° dan naridagi kengliklarida kuzatiladigan yorugʻ kechalar. Oqshom gʻira-shiraligi tong 6-n qoʻshilib ketadigan davrda sodir boʻladi. Oqshom (qosh qorayishi) botayotgan Quyosh gardishi markaziy nuqtasi ufqdan 7° ogʻguncha (hO = — 7° boʻlguncha), ertalabki gʻirashiralik (tongyorishishi) esa chiqayotgan Quyosh gardishi markaziy nuqtasi ufqqa 7° yetmasdan boshlanadi. Astronomik gʻira-shiralik hO=—18° gacha davom etadi. Oq tunlar Shimoliy yarim sharning 59,5° shahrik. va Janubiy yarim sharning 59,5° j.k. oraligidagi joylarda sodir boʻladi. Oq tunlar davomiyligi joyning geografik kengligiga bogʻliq, mas, Sankt-Peterburgda (Rossiya) 11-iyundan 2-iyulgacha davom etadi va hokazo[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |