Xlorli ohak
(Oqartkich ohakdan yoʻnaltirildi)
Xlorli ohak, oqartkich ohak — qoʻshaloq tuzlar Ca(OCl)2,CaCl2, CaOCl2 bilan kristallizatsiya suvidan iborat murakkab kompleks; xlor hidi keladigan quruq oq gigroskopik kukun. Tovar Xlorli ohak tarkibi 1,5 Sa(SYU)2 1,5 SaS12 ZSa(ON)2pN2O ga yaqin. Unda 28% dan 38% gacha faol xlor va 10% gacha suv boʻladi. Kuchli oksidlovchi. Xlor bilan soʻngdirilgan ohak Sa(ON)2 ni birbiriga taʼsir ettirib olinadi. Xlorli ohak saqlanganda astaseqin parchalanadi. Tibbiyotda antiseptik vosita sifatida eritmasi binolar, idishlar va suvni xlorlashda, tashlandiklarni zararsizlantirishda va boshqalarda ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |