Oqchavoq
Oqchavoq, yelets (Leucicus leuciscus) — karpsimonlar oilasiga mansub baliq turi. Oʻrta Osiyoda Balxash koʻliga quyiladigan Ayagʻuz daryosida koʻpaytirilgan, Chu va Sarisuv daryolarida av-valdan yashaydi. Uzunligi 25-30 sm gacha, ogʻirligi 400 g gacha. Tez suzadi. Tanasining orqa tomoni kulrang tusda tovlanib turadi. Yon tomonlari och havorang , korni kumushrang. 3 yoshlik davrida uchraydi. Uvildirigʻini toshloq va suvi tiniq yerlarga tashlaydi. Turli qasharotlarning qurtlari, suvoʻtlar, quruqlikdan shamol uchirib keladigan hasharotlar bilan oziqlanadi[1].