Oqdaryo
Oqdaryo — Zarafshon daryosining ikki yirik tarmogʻidan biri. Samarqand shahridan 7 km kuyida, Choʻponota tepaligi yaqinida, Zarafshon ikkiga — Oqdaryo va Qoradaryoga ajraladi. Xatirchi qishlogʻi yonida yana birlashadi. Oqdaryoning uz. 131 km, suv sarfi 230 m³/sek. (Samarqand gidrouzelida). Oqdaryodan yigirmadan ortiq ariq suv oladi. Shundan oʻng sohilida (Qurbonobod uz. 9,6 km, Yangikent 34 km va boshqalar), 9 tasi chap sohilda (Shaxob — 17 km, Gʻazara — 26,8 km, Chelak — 9 km va boshqalar). Bu kanallar orqali Payariq, Ishtixon va Xatirchi tumanlaridagi xoʻjaliklar yerlari sugʻoriladi.[1]
Oqdaryo | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 131 |
Suv sarfi | 230 m³/s |
Davlat | Oʻzbekiston |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |