Oqkoʻl (koʻl)
Oqkoʻl — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi bir guruh koʻllar nomi (Oqkoʻl, Gazkoʻl, Shoʻrkoʻl, Otakoʻl, Bogʻotlikoʻl, maydoni 4 ming ga, oʻrtacha chuq. 1m, suvi shoʻrroq. Koʻllarning tubi gil va qumtoshlardan iborat, soxillari asosan, yassi. Koʻllar kollektorlar orqali birlashtirilgan, shu sababli hammasining suv yuzasi bir meʼyorda turadi. Tashlandiq va sizot suvlar hisobiga toʻyinadi. Yuzasining 30—80% qamish va qoʻgʻa bilan qoplangan. Choʻrton, sazan kabi baliklar bor. Ondatra boqiladi. Koʻllar sayozlashib bormoqda.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |