Oqkoʻl (tuman)
Oqkoʻl tumani — Akmola viloyatining shimoliy qismida joylashgan. 1930-yili tashkil qopgan. 1997-yilgacha Alekseev tumani deb nomlanib keldi. Hududi 6,9 ming km2. Aholisi 27,5 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 2,9 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Oqkoʻl shahri.
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Akmola viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Oqkoʻl shahri | |
Asos solingan sanasi | 1930-yil | |
Akim | Yedigenov Temirjan Qanatovich | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2013) | 27,566[1] | |
Zichligi | 2,9 kishi./km² | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | |
Maydoni | 9 400 km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Pochta indeksi | 020100-020112[2] | |
Avtomobil raqami kodi | C, 03 | |
Rasmiy sayti | http://akkol.akmol.kz/ | |
Xaritada | ||
52°0′0″N 70°56′0″E / 52.00000°N 70.93333°E |
Aholisi
tahrirTuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (1-yanvar 2010-yil):[3][4]
- qozoqlar — 11 756 kishi (39,92 %)
- ruslar — 11 486 kishi (39,01 %)
- ukrainlar — 1 789 kishi (6,08 %)
- olmonlar — 1 735 kishi (5,89 %)
- tatarlar — 687 kishi (2,33 %)
- beloruslar — 455 kishi (1,55 %)
- polyaklar — 439 kishi (1,49 %)
- ingushlar — 180 kishi (0,62 %)
- ozarbayjonlar — 110 kishi (0,37 %)
- boshqirdlar — 84 kishi (0,29 %)
- moldavanlar — 81 kishi (0,28 %)
- koreyslar — 79 kishi (0,27 %)
- boshqalari — 566 kishi (1,92 %)
- Umumiy — 29 447 kishi (100,00 %)
Iqlimi
tahrirIqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi issiq, qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 170-18 °C, iyulniki 19-20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 350–400 mm.
Qishloqlari
tahrir- Enbek qishlogʻi
- Boʻgembay qishlogʻi
- Oqbuloq qishlogʻi
Ijtimoiy soha
tahrirOqkoʻl tumanida kasbiy-texnik uchilish, 34 ta maktab, bola bogʻchalari, madaniyat uylari, klublar, kutubxonalar, tibbiyot mahkamalari faoliyat yuritmoqda. Tumandan Znamya Rodini gazetasi chiqariladi. Tuman, viloyat markazi — Koʻkshetov va boshqa qishloqlar bilan temir va avtomobil yoʻllari orqali bogʻlanadi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-28
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2010-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-yanvar.
- ↑ Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-19
- ↑ Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Qozoq Ensiklopediyasi