Oqlovchi gillar — moddalarni yutish (sorbsion) va tozalash xususiyatiga ega boʻlgan togʻ jinslari, foydali qazilmalar. O.g., asosan, montmorillonit tarkibli bentonit gillari yoki vulkanogen - choʻkindi kremniyli togʻ jinslari (diatomit, trepel, opoka) dan iborat vulkanogen jinslar-nig gidrokimyoviy yoʻl bilan oʻzgarishidan hosil boʻladi. Aktivlantirilgan, yaʼni kislotalar qoʻshilgan O.g. (mas, krimsil, oskanit)ning yutish va oklash xususiyati eng yaxshi tabiiy O.g.nikidan 3—3,5-marta yuqori boʻladi. O.g. neft mahsulotlari, moy va hayvon yogʻlari, sirka, vinolar, vitamin, antibiotiklarni tozalash, suvni yum-shatish, gazlamalarni oqartirishda, shuningdek, upa-elik sanoatida ishlatiladi. Mineral tarkibi boʻyicha O.g. bir necha turga boʻlinadi: beydellit, bentonit, attapulgit, paligorskit va topilgan joyi nomi bilan ataladi: floridin (AQSH), monotmorillonit (Fransiya), gumbrin va askanit (Gu-ruziya), gilobi (Ozarbayjon), (Qrim), navbaxit (Oʻzbekiston) va boshqa [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil