Oqmiya
Oqmiya (Vexibia alopecuroides (L.) jakov) — dukkakdoshlar oilasiga mansub ildiz bachkili, koʻp yillik karantin begona oʻt. Poyasi tik usadi, sershox, boʻyi 40—80 sm. Barglari choʻzinchoq, chetlari yaxlit, kumush-ipaksimon. Gullari sargʻish shoda toʻpgulga yigʻilgan. Urugʻi va ildizpoyalaridan koʻpayadi. Bir tupi 600—800 urugʻ beradi. Urugʻlari zaharli. 15—20° haroratda unib chikali. Ildiz boʻgʻzidan ildizpoyalar oʻsib chiqib, 50—60 sm dan koʻproq chuqurga kirib boradi. Ildizpoyadan koʻplab kurtaklar hosil boʻladi. Oʻrta Osiyoda keng tarkalgan. Beda, gʻoʻza, gʻalla ekinlari orasida uchraydi. Sugʻorish shoxobchalari boʻylari, dala, yoʻl yoqalari, bogʻ, tokzorlar, qoʻriq yerlarda oʻsadi.
Kurash choralari: urugʻlikni tozalash; yerni 30—35 sm chuqurlikda xdydash; chopiqtalab ekinlarni moti-galash; gʻalla ekinlariga 2,4 — D gerbitsidi purkash tavsiya etiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |