Oqshoʻlaq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha (1992-yildan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Qirqqiz. Aholisi 1 ming kishi (2000). O.da umumiy taʼlim maktabi, kutubxona, klub, dorixona, tibbiy davolash muassasalari, savdo, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.[1]

Oqshoʻlaq
shahar
43°9′33.001″N 58°12′24.998″E / 43.15916694°N 58.20694389°E / 43.15916694; 58.20694389
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qoraqalpogʻiston
tuman Qoʻngʻirot tumani
Aholisi
 (2000)
1 000
Vaqt mintaqasi UTC+5
Oqshoʻlaq xaritada
Oqshoʻlaq
Oqshoʻlaq
Oqshoʻlaq xaritada
Oqshoʻlaq
Oqshoʻlaq

Maktabi

tahrir

Oqshoʻlaqda faqat bitta № 31 sonli umumltaʼlim maktabi mavjud. Lekin bu maktab 2017-yilda qayta taʼmirdan chiqqan va unda hozirgi zamonga mos texnologiyalarning hammasi bor. Maktabda oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, rus sinflari bor.

 
31-maktab

Oqshoʻlaqdagi Uz-Kor Gas Chemical korxonasi

tahrir

Oqshoʻlaqda Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi, „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi va Koreya kompaniyalari konsorsiumi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish doirasida paritet asosida "Uz-Kor Gas Chemical" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida qoʻshma korxona tashkil etildi. Loyiha Koreya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi strategik hamkorlikni anglatadi. Loyiha butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi Koreya kompaniyalarining eng yirik investitsiya investitsiyalaridan biridir.

 
Uz-Kor Gas Chemical
 
Zavodning kechki koʻrinishi

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil