Oqshoh
Oqshoh (? - 1221) - Muhammad Xorazmshohning oʻgʻli. Xorazmshoh oʻlimi oldidan Oqshoh va boshqa oʻgʻli Oʻzloqshohni chaqirib taxtni Jaloliddin Manguberdiga topshirishini bildirgan. Aka-ukalar Gurganjni mudofaa etish uchun kelishib olgan. Biroq sobiq valiahd Oʻzloqshohning tarafdorlari Jaloliddinni tan olmaganlar. Jaloliddin Gurganjni tashlab ketishga majbur boʻlgan. 3 kundan soʻng moʻgʻullarning yaqinlashib kelayotganini eshitgan Oʻzloqshoh va Oqshohlar ham shaharni tark etganlar. Moʻgʻullar ularni taʼqib etib, Habushon viloyatidagi Vashta qishlogʻida ularga yetib olganlar. Avvaliga shahzodalar moʻgʻullarning bir toʻdasini yengishgan, gʻalabadan kibrlanib, xavf-xatardan ogoh boʻlmay turganlarida moʻgʻullar ularni qurshab olib, askarlari bilan chopib tashlagan. Moʻgʻullar Oqshoh va Oʻzloqshohning kallalarini nayzaga ilib, mamlakat boʻylab koʻtarib yurishgan.
Juvayniining yozishicha, Oʻzloqshoh va Oqshoh moʻgʻullar tomonidan asir olinib, 2 kundan soʻng qatl etilgan. Rashiduddinga koʻra, moʻgʻullar ularni shahzoda ekanliklaridan bexabar boshqalar qatori chopib tashlaganlar[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |