Oqtosh (shaharcha)
Oqtosh — Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1974-yildan). Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Toʻraqoʻr-gʻon. Aholisi 6 ming kishiga yaqin (2003). O.da paxta tozalash zavodi, gugurt fabrikasi, neft bazasi, tuman "Dehqonmashtaʼminot" aksiyadorlik jamiyati, MTP, qishloq qurilish konstruksiyalari kombinati, koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, "Agrokimyotaʼminot" aksiyadorlik jamiyati, gaz toʻldirish stansiyasi, Sohilobod shirkat xoʻjaligi, tumanlararo ulgurji chakana savdo-ishlab chiqarish aksiyadorlik bazasi, 3 umumiy taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan internat litseyi, 2 qishloq vrachlik punkti bor. 2016-2021 yillarda shaharchada kichik iqtisodiyot zonasi tashkil etildi, 2019-yil "Oqtosh textil" va 2023-yildan esa "Runam textil" kabi yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega tekstil zavodlari ishga tushirildi[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |