Oqtosh agalmatolitalunit koni — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi kon. Gʻazalkent shahri yaqinida, Qorjontovning jan. yon bagʻrida joylashgan. 1923-yilda konda agalmatolit, dyumortyerit va ikkilamchi kvarsitlarda alunit borligi aniqlangan. Oqtosh agalmatolitalunit koni-asrk. toshkoʻmir davriga mansub har xil tarkibli effuziv jinslar (Aqcha svitasi)da topilgan. Effuzivlar gum-bazsimon bukilmalar hosil qilgan boʻlib, ularda turli yoʻnalishdagi yoriklar mavjud. Leykokrat granitlareni 50–300 m li kvars-seritsit, kvars va andaluzit-korundli jinslar bilan oʻralgan. Aqcha svitasi (qalinligi 400– 600 m) dagi past temperaturada hosil boʻlgan kvarsit zonasida alunit, diaspor, agalmatolitlarning linzasimon, ustunsimon tanalari joylashgan. Kvarsitlashgan zonaning janubida dyumortyerit, korundga boy kvars-seritsitli jinslar, shimolida kaolinitli, dias-porkaolinit-pirofillitli, diaspor va alunitli kvarsitlar keng tarkalgan. Alunitli uyumlar 20–120 m li izotermik shakllarga ega. Alunitning rudadagi umumiy miqdori 10—60%. 100–500 m chukurlikda alunitli kvarsitlar borligi aniklangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil