Oqtosh sanatoriysi
"OQTOSH" SANATORIYSI - Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Oqtosh qishlogʻidagi togʻ ikdimiy kurort. Toshkent shahridan 65 km, Gʻazalkent shahridan 10 km masofada, dengiz sathidan 1140 m balandlikda joylashgan (Gʻarbiy Tyanshan — Qorjontovning pastki qismi). Maydoni 8,5 ga. Tarixiy manbalarga koʻra, sanatoriy hududida dastlab geologlar yashab togʻ qidiruv ishlarini olib borishgan. 1936-yil silga aloqasi boʻlmagan nafas aʼzolari hamda nerv sistemasi kasalliklari bilan ogrigan kishilar davolanadigan sanatoriy tashkil etilgan. 1942—45 yillar sanatoriy koʻkrak qafasi jarohatlanganlar uchun harbiy gospital boʻlgan. Hozirgi nafas aʼzolari kasalliklari, asosan, bronxial astma bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi. Sanatoriy yaxshi koʻkalamzorlashtirilgan, atrofi keng bargli oʻrmonlar bilan oʻralgan (yongʻoq, pista, bodom va boshqa oʻsadi). Iqlimi moʻʼtadil kontinental: qishi yumshoq, yozi issiq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —2°, iyulniki 35°, nisbiy namlik 55%, quyoshli kunlar davomiyligi yiliga 2550 soat. Davolash omili — kislorodga va shifobaxsh efir moylariga boy musaffo togʻ havosi. Togʻ daryolaridan keladigan tabiiy gidro ionlanish kelib chiqishi jihatidan nospetsifik nafas aʼzolari xastaliklariga shifobaxsh taʼsir etadi. Davolash kompleksi fizioterapiya, sunʼiy vannalar (ignabargli, tuzli), sauna, parafin va ozokerit bilan davolash, massaj, davo fizkulturasi, terrenkur, maqsadga muvofiq ovqatla-nishdan iborat. Sanatoriyda sharq tabobati — giyoxlar bilan davolashda keng foydalaniladi. 100 (yezda 126) oʻringa moʻljallangan yotoq korpuslari (bir va ikki oʻrinli), 4 ta oilaviy kottej, klub, kutubxona, sport maydonchalari mavjud (2003). Bolalar va ota-onalari uchun yil boʻyi ishlaydigan boʻlim ham bor (1999-yildan). Sanatoriyning kirish darvozasi ark uslubida qurilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |