Orenburg viloyati (1938—1957-yillarda Chkalov viloyati) – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat, markazi Orenburg shahri. Ural iqtisodiy rayoniga kiradi. Maydoni 124 ming km². Aholisi 2229,6 ming kishi (1998), asosan, ruslar (72,3%), shuningdek, tatar, ukrain, qozoq, mordva, boshqird, nemis, chuvash, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 64,1%. Markazi — Orenburg shahri Tarkibida 35 maʼmuriy rayon, 12 shahar, 26 shaharcha bor. Boshqa yirik shaharlari – Orsk, Novotroitsk.

Rossiya Federatsiyasi subyekti
Оренбургская область
Orenburg viloyati
Orenburg viloyati bayrog'i Orenburg viloyati gerbi
Orenburg viloyati bayrogʻi Orenburg viloyati gerbi
Administrativ markaz Orenburg
Maydon 123 702 km² (29-chi)
- suv qismi 0,1%
Aholi 2 016,1 ming kishi (24-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 16,3 kishi / km²
YaIM 455,0 mlrd rub. (21-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 200,9 ming rub.
Federal okrug Privoljsk
Iqtisodiy tuman Privoljsk
Gubernator Yuriy Aleksandrovich Berg
Qonunchilik majlisi raisi Sergey Ivanovich Grachev
RF subyekti kodi 56
Vaqt mintaqasi Andoza:MSK+2

Orenburg viloyati hududining koʻp qismi Janubiy Ural togʻlari etagida. Foydali qazilmalari: neft, gaz, toshtuz, slanets, fosforit, qoʻngʻir kumir, nikel, kobalt, mis kolchedani, oltin, asbest, oʻtga chidamli gillar, yashma. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 14° dan –19° gacha, iyulniki 19–22°. Yillik yogʻin 300–450 mm. Vegetatsiya davri 180 kungacha. Asosiy daryosi – Ural va uning irmoklari: Janubi-sharqda oqmas koʻllar bor. Orenburg viloyati, asosan, choʻl zonasida joylashgan. Tuproqlari kora, kashtan tuproklar. Har xil oʻt-betaga chalov dasht oʻsimliklari oʻsadi. Hududining 4% oʻrmon (oq qayin, qaragʻay). Tulki, oq tovushqrn, malla tovushqon, yumronqoziq, sugʻur, oʻrdak, gʻoz, baliqchi bor. Viloyat hudu-dida Orenburg qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Sanoatining asosiy tarmoklari: yoqilgʻi, qora va rangli (nikel, mis, xromli birikmalar) metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik (konchilik, metallurgiya sanoati uchun jihozlar, sovitqich asbob-uskunalar, temirchilik-presslash mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrodvigatellar, qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun ehtiyot qismlar va boshqa ishlab chiqariladi), kimyo, neft kimyosi, oziqovqat (goʻsht mahsulotlari, un, yorma, osh tuzi, oʻsimlik yogʻi) sanoatlari. Eng yirik korxonalari: "Orenburgneft", "Orenburggazprom", "Orenburgnefteorgsintez", "Orenburgasbest", "Nosta" (Novotroitsk), "Yujural nikel" (Orsk), Orsk yengil metallkonstruksiyalar zavodi, "Orenteks" (Orenburg), Medno-gorsk mis-oltingugurt kombinati, Gay ruda boyitish kombinati, "Yujuralmash" (Orsk), "Gidropress" stanoksozlik zavodlari (Orenburg). Gaz (Orenburg gaz kondensat koni), neft (Uraloldi rayoni), temir (Xalilov koni), mis (Gay koni) va nikel rudalari (Kiyemboy koni), tosh tuzi (Iletsk koni), qoʻngʻir koʻmir (Tyulgan kumir razrezi) va boshqa kazib olinadi. Iriklin GRES ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari – Orenburg, Orsk, Buzuluk, Mednogorsk, Novotroitsk, Gay, Buguruslan, Quvondiq shaharlari. Qishloq xoʻjaligida don-chorvachilik yoʻnalishlari rivojlangan. Bugʻdoy, suli, tariq, mosh, kungaboqar, kartoshka, sabzavot, ozuqa ekinlari ekiladi. Qoramol (sut-goʻsht zotlari), choʻchqa, qoʻy, echki, parranda boqiladi. Avtoyoʻllar zichligi 101 km/ming km². 5 oliy oʻquv yurti, kutubxona va klublar, kasalxonalar bor. Gay balneobalchiq kurorti ishlab turibdi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil