Orifjon Toshmatov

Oʻzbekiston xalq artisti, sozanda va bastakor
(Orif garmon Toshmatovdan yoʻnaltirildi)

Orifjon Toshmatov (1891-1944-yillar) — Oʻzbekiston xalq artisti, sozanda va bastakor[1].

Orifjon Toshmatov
Tavalludi 1891-yil
Vafoti 1944-yil
Mukofotlari

Faoliyati

tahrir

Orifjon Toshmatov 10 yoshida dutorda qator kuylarni ijro etib tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlgan. Orifjon Toshmatov garmon cholgʻu asbobini mukammal tarzda oʻrganadi.1918-yillarda Andijon sanʼatkorlarini yigʻib "Sanoyi Nafisa " uyushmasini tuzgan. 1920-yilda Xamza Hakimzoda Niyoziy bugungi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon musiqa drama va komediya teatrini tashkil qiladi. 1931-yil Andijondagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻini tashkil etadi. Andijon va Asaka shahrida 20 yillarda faoliyat koʻrsatgan. Orifjon Toshmatov „Orif garmon“ tahallusi bilan mashhur boʻlgan Oʻzbekiston xalq artisti, xonanda va basktakor[2]. Orifjon Toshmatov Andijon polkasini taxminan 1940-yilda yaratgan[1]. Andijon polkasini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Abdugʻafur Qodirov sahnalashtirgan. Hojiboy Tojiboyev Toshkentga koʻchib oʻtganda Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usmon qori Raimbekov, Orifjon Toshmatov, Zokirjon Ovulov, Ibrohim qiziq Teshaboyev kabi Hojiboyning so‘zlari ham xalq orasida iliq kutib olingan paytlar boʻlgan[3]. 1919-yil noyabr — dekabrida Hamza Hakimzoda Niyoziy boshchiligida „Yagona truppa“ nomi bilan rasman ish boshlagan. Bu truppaning tashkiliy jamoasida Orifjon Toshmatov ham faoilyat yurtgan [2][4]. Orifjon Toshmatovning Andijon polkasi 1984-yillarda butun dunyoning turli burchaklariga yetib borgan. Orifjon Toshmatovga garmon sohasidagi fidokorona xizmatlari uchun Oʻzbekiston xalq artisti unvoni berilgan [1].

Oʻzbek mumtoz qoʻshiqlari

tahrir

Orifjon Toshmatovning mumtoz qoʻshiqlaridan „Abdurahmonbegi“ „Nasurulloyi“ „Ajam“ „Dilxiroj“ „Jazoir“.


Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 99-102-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 3-iyun 2023-yil. 
  2. 2,0 2,1 Rustamjon Nishonov. „Ming nafar yigit bir paytning o‘zida Andijon polkasiga raqs tushdi.“. https://xs.uz/uzkr/post/ming-nafar-jigit-bir-pajtning-ozida-andizhon-polkasiga-raqs-tushdir. Xalq soʻzi (2019-yil 4-iyun). 2023-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  3. „Hojiboysiz o‘tgan yillar. Bugun u 62 yoshga kirgan bo‘lardi.“. https://kun.uz/uz/47708216. Kun.Uz (2017-yil 26-avgust). Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.
  4. „ANDIJON TEATRI“. https://milliycha.uz/andijon-teatri/. Milliycha.uz (2021-yil 8-noyabr). Qaraldi: 7-iyun 2023-yil.