Muharram Majidovna Orifxonova (1911, Chimkent — 1974, Toshkent) — botanik olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), biologiya fanlari doktori (1965), professor (1968). Toshkent tibbiyot texnikumini tamomlab (1926—31), Margʻilon dorixonasida assistent-farmatsevt boʻlib ishlagan. Oʻrta Osiyo universitetining biologiya fakultetini tugatgan (1937). Shu universitet yuksak oʻsimliklar kafedrasida assistent (1942—43), dotsent (1944—68). Ilmiy ishlari, asosan, Fargʻona vodiysidagi oʻsimliklar qoplamini oʻrganishga oid. Orifxonova choʻl yaylovlarini oʻzlashtirish masalalariga qaratilgan bir qancha ilmiy ekspeditsiyalar qatnashchisi.

Manbalar

tahrir
  • Fargʻona vodiysining oʻsimliklar qoplami, T., 1967.