Orinoko (ispancha: Río Orinoco; mahalliy indeyslar tilida Orinuku — daryo) — Janubiy Amerikadagi daryo, Venesuela va Kolumbiyada. Uzunligi 2730 km, havzasining maydoni 1086 ming km². Gviana yassitogʻligidan boshlanadi va Atlantika okeaniga botqoqli delta (maydoni 20 ming km²) hosil qilib quyiladi. Yuqori oqimida Orinokodan Kasikyare daryosi ajralib chiqib, Ama-zonkaning Riu-Negru irmogʻiga quyiladi. Meta irmogʻi quyiladigan joyga-cha serostona, tez oqadi. Oʻrta oqimida sersuv. Delta qismida daryo 36 tarmoqqa ajralgan. Yogʻingarchilik davri (aprel— sentabr)da suv sathi 8–15 m gacha koʻtariladi. Bu vaqtda kemalar Kolumbiya che-garasigacha bora oladi. Orinoko havzasidagi kema yoʻllarining umumiy uz. 12 ming km. Daryo okeanga yiliga 915 km3 suv, 45 mln.t oqiziq keltiradi. Quyi qismida yillik oʻrtacha suv sarfi 29 ming m³/sek. GES lar qurilgan. Baliq turi koʻp.

Orinoko
Tavsif
Uzunligi
Suv sarfi m³/s
Davlat Venesuela va Kolumbiya
Orinoko



Orinokoning quyilish joyini 1498-yilda X. Kolumb, 1499-yilda A. Oxeda va A. Vespuchchi ekspeditsiyasi, oʻrta oqimini ispan sayyohi Diyego Ordas tadqiq qilgan. 1800-yilda nemis olimi A. Gumboldt fransuz botanigi E. Bonplan bilan birgalikda Orinoko boʻylab sayohat qilib, uning Amazonka sistemasi bilan tutash ekanligini aniqladilar.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil