Toxir Oripov
Oripov Tohir Fotihovich (1945.7.9, Toshkent) – biofizika va ekologiya sohasidagi olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), Biologiya fanlari doktori (1988), professor (1990). Toshkent davlat universitetini tugatgan (1970). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (1975-yildan), Oʻzbekiston Oliy attestatsiya komissiyasi bosh ilmiy kotibi (1992—93), rais muovini (1993—94), raisi (1995 – 97), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida yetakchi konsultant (1994-95). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (1997), 1997-yildan 2005-yilgacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, 2005—2006-yillarda prezidenti. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri. Asosiy ilmiy ishlari oqsil moddalarning biomembranalar bilan taʼsirlanish biospektroskopiyasiga oid. O. rahbarligida sitotoksinlarning biologik membranalar modeli bilan taʼsirlanish mexanizmi, sitotoksin molekulalarning shakli, oʻlchami, ularning fosfolipidli membranalarda joylashishi, lipid va suv fazalarida taqsimlanish qonuniyatlari, gossipol va gossipol modifikatsiyalarining strukturasi aniqlangan. Tioninni ajratib olish texnologiyasi va uning taʼsiri muammolari tadqiq qilingan[1].
Toxir Oripov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-sentyabr 1945-yil Toshkent |
Mukofotlari |
Mukofotlari
tahrir2024-yilda Doʻstlik ordeni berilgan[2].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |