Orisaba, Sitlaltepetl — Meksikadagi harakatdagi vulkan, Meksika togʻligining jan.-sharqiy chekka-sida. Balandligi 5700 m (mamlakatdagi eng baland choʻqqi). Andezit va bazalt jinslardan tuzilgan. 1545, 1566, 1630, 1687-yillarda kuchli otilgan. Yon bagʻri 4000 m balandlikkacha oʻrmon, undan yuqorida alp oʻtloklari; 4500 m dan abadiy qor qoplami boshlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil