Orkestrator
Orkestrator — elektron musiqa cholgʻu asboblaridan biri. Klaviatura va boshkarish pulti, tovush generatorlari, modulyatorlar, filtrlar, elektron xotira, dinamiklar va boshqalardan ibo-rat. Yakka ijrochi O. yordamida har qay-si kuyning koʻp ovozli aranjirovka-sini yaratib, uni "yoʻq" orkestr (ansambl) tomonidan chalinayotganday tuyulishiga erishadi. Bunga O.ning elektron xotirasida saqlanayotgan 100 dan ortik, standart tayyor usullar, elektron sintez yoʻli bilan paydo boʻla-yotgan 600 dan ortiq tovush tembr (tus-)lari imkoniyat yaratadi. O. 1980-yillar oxirida sintezator va ritmboks musika moslamalari negizida yaratilgan. Hozirda Korg, Yamaha, Roland va boshqa kompaniyalar ishlab chiqqan O.lar havaskor musiqachilar, ayniqsa, pop-musiqada keng joriy etilmokda.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |