Orol chechak hodisasi
Orol chechak hodisasi— 1971-yil 30-iyul sanasida Orol dengizidagi orolda joylashgan Sovet biologik qurollari inshootida oʻtkazilgan tajriba natijasi o'laroq virusli kasallikning tarqalishi vujudga keldi. Bu hodisa oqibatida oʻn kishi jabr koʻrdi, ulardan uchtasi vafot etdi. Lekin 2002-yilga kelibgina, kasallik keng jamoatchilikning eʼtiboriga tushadi[1].
Orqa Fon
tahrir1948-yildan 1954-yilgacha boʻlgan muddat davomida Orol dengizida joylashgan Vozrojdeniya orolida barpo etilgan mavjud biologik qurol sinov poligoni, Sovet Mudofaa vazirligi tomonidan qoʻshni Komsomol oroliga qadar kengaytitiriladi va Alsk-7 deb nomlandi. Biologik tajribalar oʻtkazish maqsadida dala ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi ham kengaytirildi, Kantubek shaharchasi xodimlar hamda olimlar yashashi uchun barpo etildi.[2] U yerda sinovdan oʻtkazilgan bioagentlar orasida Bacillus anthracis, Coxiella burnetii, Francisella tularensis, Brucella suis, Rickettsia prowazekii, Variola major (chechak), Yersinia pestis, botulinum toksini va venesuela ot ensefaliti virusi bor edi.[3] (1960-yilga kelib, Sovet biologik qurollar dasturi butun mamlakat boʻylab koʻplab boshqa tadqiqot va ekspluatatsiya ob’ektlarini ham oʻz ichiga olgan). Aralsk-7 baliqlarning ommaviy nobud boʻlishi, turli mintaqaviy vabo epidemiyalari, saygʻoqning nobud boʻlishi va Vozrojdeniya oroliga tashrif buyuruvchilar orasida yuqumli kasalliklarning ayrim holatlari bilan bogʻliq boʻlgan[4].
Voqea
tahrirSovet rahbari Pyotr Burgasov soʻzlariga koʻra, 1971-yil 30-iyulda Aralsk-7 da 400 gramm chechakni dala sinovidan oʻtkazish epidemiyaning kelib chiqishiga sabab boʻlgan[5] Sovet Armiyasining sobiq bosh sanitariya vrachi, sobiq Sovet Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari va Sovet dasturining katta ilmiy xodimi Burgasov ushbu voqeani shunday tavsiflab berdi:
Orol dengizida joylashgan Vozrojdeniya orolida chechakning eng kuchli turlaridan biri sinovdan oʻtkazildi. Toʻsatdan menga Orolda (Orol) sirli oʻlim holatlari borligi haqida xabar keldi. Orol flotining tadqiqot kemasi [Lev Berg] orolga 15km yetib keldi. (40 km dan yaqinroq kelish taqiqlangan). Ushbu kemaning laboratoriya mutaxassisi kuniga ikki marta yuqori palubadan plankton namunalarini oladi. Chechak uchun preparatni 400 gr miqdorda oladi va uni yuqtirib oladi. Aralskka uyiga qaytgach, virusni bir nechta odamga, jumladan bolalariga ham yuqtirib qoʻyadi. Ularning hammasi hayotdan koʻz yumadi. Buning sababidan shubhalangan holda, Mudofaa vazirligi Bosh shtab boshligʻiga qoʻngʻiroq qilib, Almata — Moskva poyezdini Aralskda toʻxtatishni taqiqlashni iltimos qildim. Natijada mamlakat boʻylab epidemiyaning oldi olinib katta xavfning oldi olinadi. Men [boʻlajak Sovet Bosh kotibi Yuriy] Andropovga qoʻngʻiroq qildim, u oʻsha paytda KGB boshligʻi edi va unga Vozrajdenie orolida chechakning eksklyuziv retsepti haqida xabar berdim[6][7].
Kasallik haqiqatan ham kema qoʻngan Oʻzbekistonning Komsomolsk-na-Ustyurt shahridan Lev Bergga tarqaldi, degan tahminlar ham mavjud boʻlgan[8][9].
Ushbu hodisa oʻn kishining chechak bilan kasallanishiga olib keldi va emlanmagan uchta odam (bir ayol va ikki bola) kasallikning gemorragik shaklidan hayotdan koʻz yumadi. Lev Berg ekipajining bir aʼzosi ham kemadan 15 km uzoqlikda oʻtib ketayotganda chechak bilan kasallangan. Ushbu ekipaj aʼzosi 6-avgust kuni isitma, bosh ogʻrigʻi va miyalji bilan betob boʻlib qoldi. Keyin kema 11-avgust kuni Orol port shahriga qoʻndi. Kasal ekipaj aʼzosi uyiga qaytdi va unda yoʻtal paydo boʻldi harorati esa 38,9 °C darajadan oshdi. Uning shifokori antibiotiklar va aspirin buyurdi. U ilgari chechakka qarshi emlangan boʻlsa-da, keyinchalik uning orqa, yuzi va bosh terisida turli hildagi toshmalar paydo boʻldi; uning isitmasi biroz tushdi; va u 15-avgustgacha sogʻayib, oyoqqa turadi. 27-avgust kuni ushbu bemorning 9 yoshli ukasida toshma hamda isitma paydo boʻladi, uning pediatr shifokori tetratsiklin va aspirin qabul qilishini buyuradi va u tez fursatlarda sogʻayib ketadi[10].
Keyingi uch hafta davomida Orol hududida yana sakkizta isitma va toshmalar kuzatiladi. 23 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan besh nafar kattalar hamda uch nafar yosh bolada (4 va 9 oylik va 5 yoshli) chechak kasalligi klinik va laboratoriya tekshiruvlari natijasida aniqlangan. Bu bolalar hamda 23 yoshli yigit ilgari emlash qabul qilgan edi. Ikki nafar kichik bola hamda 23 yoshli qiz chechakning gemorragik shaklini rivojlantirib, hayotdan koʻz yumadi. Qolgan shaxslar avvalroq emlanganligi va ularning barchasi kasallikning zaiflashgan shakliga chalinganligi sababli tez fursatlarda tuzalib ketgan[11].
Ushbu virusda gemorragik chechak bilan kasallanishning yuqori nisbati, yuqumli kasallik darajasi hamda general Burgasovning koʻrsatmasi bilan birgalikda 1971-yilda Aralsk-7 dan chechak virusining kuchaytirilgan qurollangan shtammi paydo boʻlganini tushunishga olib keldi[12][13].
Javob
tahrirOrolda chechak kasalligi aniqlangandan keyin aholining sogʻligʻiga qarshi bir qator ommaviy choralar koʻrildi. Ikki haftadan kam vaqt mobaynida Orolning qariyb 50 mingga yaqin aholisi emlandi. Potentsial taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaxslarga nisbatan uy karantini joriy etilib, yuzlab odamlar shahar tashqarisiga vaqtinchalik muddatga izolyatsiya qilindi. Shahar ichidagi va shahar tashqarisidagi barcha transport qatnovi toʻxtatildi va sogʻliqni saqlash xodimlari tomonidan taxminan 5000 kv.m masofadagi (54,000 kv. m.) yashash maydoni va 18 tonna miqdordagi uy-roʻzgʻor buyumlari yoqib yuborildi[14].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Broad, W.J. and Miller J. (2002), „Traces of Terror: The Bioterror Threat; Report Provides New Details of Soviet Smallpox Accident“, The New York Times; 15 June issue.
- ↑ Zelicoff, A.P. (2002), „An epidemiological analysis of the 1971 smallpox outbreak in Aralsk, Kazakhstan“, In: Tucker, J.B. and R.A. Zilinskas, eds., The 1971 Smallpox Epidemic in Aralsk, Kazakhstan, and the Soviet Biological Warfare Program; Monterey, California: Monterey Institute of International Studies, Center for Nonproliferation Studies. Occasional Paper No. 9.
- ↑ Bozheyeva, G., Y. Kunakbayev and D. Yeleukenov (1999), Former Soviet Biological Weapons Facilities in Kazakhstan: Past, Present and Future; Monterey, Calif: Monterey Institute of International Studies, Center for Nonproliferation Studies; Occasional Paper 1.
- ↑ Bozheyeva, Op. cit.
- ↑ Broad, Op. cit.
- ↑ Shoham D, Wolfson Z (2004). „The Russian biological weapons program: vanished or disappeared?“. Crit. Rev. Microbiol. 30-jild, № 4. 241–61-bet. doi:10.1080/10408410490468812. PMID 15646399.
- ↑ „Smallpox – not a bad weapon“ (Russian). Interview with General Burgasov. Moscow News. 14-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2007-yil.
- ↑ Enserink M (2002). „Biowarfare. Did bioweapons test cause a deadly smallpox outbreak?“. Science. 296-jild, № 5576. 2116–7-bet. doi:10.1126/science.296.5576.2116. PMID 12077372.
- ↑ Zelicoff, Alan P.. Microbe: Are We Ready for the Next Plague?. New York: American Management Association, 2005 — 101-bet. ISBN 978-0-8144-0865-0.
- ↑ Zelicoff (2002), Op. cit.
- ↑ Zelicoff (2002), Op. cit.
- ↑ Zelicoff (2002), Op. cit.
- ↑ Dembek, Op. cit.
- ↑ Zelicoff (2002), Op. cit.